Sayyid Mumtoz Ali
Mavlono Sayyid Mumtoz Ali | |
|---|---|
| Unvoni | Shams-ul-Ulamo |
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | 27-sentyabr 1860 |
| Vafoti |
15-iyun 1935-yil (74 yoshda) |
| Dini | Islom |
| Turmush oʻrtoq(lar)i | Muhammadi Begum |
| Farzandlari | Imtiaz Ali Taj (son) |
| Mazhab | sunniylik |
| Oqim | Deobandiy |
| Mashhur ish(lar)i | Tehzeeb-e-Nisvan, Huquq-e-Nisvan, Tafṣīl al-bayān fī maqāṣid al-Qurʼān |
| Alma mater | Dorul Ulum Deoband |
| Ustozlar | Muhammad Yoqub Nanautaviy va Muhammad Qosim Nanautaviy |
| Qarindoshlar |
Yasmin Tahir (nabirasi) Naim Tahir (nabirasi) Ali Tahir (evarasi) Faran Tahir (evarasi) |
Sayyid Mumtoz Ali Deobandiy (27-sentyabr 1860 — 15-iyun 1935) hindistonlik sunniy ulamo va 19-asr oxirida ayollar huquqlari himoyachisi boʻlgan. U Dorul Ulum Deoband bitiruvchisi edi. Uning Huquq-e-Nisvon kitobi va rafiqasi Muhammadi Begim bilan birga boshlab yuborgan Tahzib-un-Nisvon jurnali ayollar huquqlari borasidagi kashshof asarlar qatoriga kiritiladi[1].
Hayoti
Sayyid Mumtoz Ali 1860-yil 27-sentyabrda Britaniya Hindistonining Deoband shahrida tugʻilgan[2]. U oʻz zamonasining mashhur ulamolaridan biri, Mahmud Hasan Deobandiyning zamondoshi va hammaslagi boʻlgan hamda Dorul Ulum Deobandda Muhammad Yoqub Nanautaviy va Muhammad Qosim Nanautaviylardan taʼlim olgan[3].
Deoband madrasasini tamomlagach, Mumtoz Ali Lahorga koʻchib oʻtdi va „Dorul Ishoat“ nashriyotini tashkil qildi. 1898-yil 1-iyulda u rafiqasi Muhammadi Begim muharrirligida Tahzib-un-Nisvon jurnalini chiqardi[4]. Bu jurnal chop etilishi 1949-yilgacha davom etdi[5]. 1898-yilda u Lahorda „Rifoh-e-Om matbaasi“ nomli nashriyotni yoʻlga qoʻydi; bu Lahorda egasi musulmon boʻlgan birinchi matbaa sanaladi[5]. 1905-yilda u Mushir-e-Modar (Onaga maslahatchi) nomli jurnalni, 1909-yilda esa bolalar uchun moʻljallangan Phul (Gul) jurnalini chiqara boshladi[2], va shu tariqa urdu tilidagi bolalar adabiyotiga asos soldi[4].
Mumtoz Ali 1934-yilda Britaniya Hindistoni hukumati tomonidan „Shams-ul-Ulamo“ (maʼnosi: „Olimlar quyoshi“) unvoni bilan taqdirlangan[5]. U 1935-yil 15-iyunda Lahorda vafot etgan[2].
Adabiy merosi
- Huquq-e-Nisvon
- Taz̲kiratulanbiyo'
- Tafsil ul-bayon fi maqosid al-Qurʼon (6 jild)
- Naqsh bo uṭhe
Merosi
Amerikalik tarixchi Gail Minault „Sayyid Mumtaz Ali and 'Huquq un-Niswanʼ: An Advocate of Womenʼs Rights in Islam in the Late Nineteenth Century“ maqolasida Mumtoz Alining Huquq-e-Nisvon asari haqida shunday deydi: „Huquq-e-Nisvon shubhasiz oʻz davri uchun haddan tashqari ilgʻor asar edi. Bugungi kunda musulmon shaxsiy huquqini isloh qilish zarurati borasidagi munozarolarni inobatga olgan holda, shariatda ayollar huquqlari himoyasi yoʻlidagi bu ilk fidoyini yodga olish joizdir“[6]. Mumtoz Alining Tafsil ul-bayon fi maqosid al-Qurʼon asarini yuqori baholar ekan, sobiq Quddus bosh muftiyi Amin al-Husayniy „bunday kitob arab dunyosida ham mavjud emas“, deya taʼkidlaydi[4]. Mumtoz Alining Qurʼonga bagʻishlangan ushbu 6 jildlik asari Anvar Shah Kashmiriy, Abul Kalam Azad va Sayyid Sulaymon Nadviy kabi ilm ahli tomonidan ham maqtovga sazovor boʻlgan[4].
Manbalar
- ↑ Moaddel, Mansoor (1998). "Religion and Women: Islamic Modernism versus Fundamentalism". Journal for the Scientific Study of Religion 37 (1): 116. doi:10.2307/1388032. https://archive.org/details/sim_journal-for-the-scientific-study-of-religion_1998-03_37_1/page/116.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Asir Adrawi. Tazkirah Mashāhīr-e-Hind: Karwān-e-Rafta, 2 April 2016 (Urdu), Deoband: Darul Moallifeen — 246-bet.
- ↑ Sarkar, Sumit; Sarkar, Tanika. Women and Social Reform in Modern India: A Reader. Indiana University Press, 2008. ISBN 9780253352699. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „Mawlana Sayyid Mumtaz Ali Deobandi“, Darul Uloom Deoband Ka Sahafati ManzarNama. Idara Tehqeeq-e-Islami, Deoband — 147–151-bet.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Tahir Kamran. „Re-imagining of Muslim Women - II“. thenews.com.pk. The News International (2018-yil 8-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
- ↑ Minault, Gail (1990). "Sayyid Mumtaz Ali and 'Huquq un-Niswan': An Advocate of Women's Rights in Islam in the Late Nineteenth Century". Modern Asian Studies 24 (1): 147–172. doi:10.1017/S0026749X00001190. https://archive.org/details/sim_modern-asian-studies_1990-02_24_1/page/146.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.