Sayfi qudash
Sayfi qudash (taxallusi; asl ism-sharifi Qudashev Sayfi Fattaxovich) [1894.21.9 (3.10) Boshqirdiston Respublikasi, Chishma tumani Klyashevo qishlogʻi —1994] — Boshqirdiston xalq shoiri (1964). Ufadagi "Oliya" madrasasida tahsil olgan. Soʻng Qozogʻistonda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Ijodi 1913-yildan boshlangan. Dastlabki sheʼrlarida boshqird xalqi chekkan azob-uqubatlar tufayli mustamlakachilarning zulm va zoʻravonligiga qarshi norozilik ("Men yashagan muhit", "Dunyo", "Kachon tugaydi?" va boshqalar), haq-huquqsiz xotin-qizlar qismatiga xayrixohlik ("Salima", "Bechora Muslima" va boshqalar) ohanglari oʻz ifodasini topgan. "Ozodlik qoʻshigʻi" (1917), "Omoch qoʻshigʻi" (1926), "Kurash qahramoni" (1928), "Respublika kuylaydi" (1940), "Chin qalbdan" (1944), "Sevgim" (1956), "Yaproqlar toʻkilganda" (1960), "Mening bogʻchamda" (1964), "Sheʼrlar" (1974) singari hayotsevarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan sheʼriy toʻplamlar, boshqird xalqining sovet davridagi hayotini tasvirlashga bagʻishlangan "Chamanzorda" nida" (1920), "Xat" (1930) dostonlari, "Qoʻshqayin" (1936) sheʼriy romani va "Yoshlik izidan" (1964) xotiralar kitobi muallifi. "Bahorni qarshilaganda" tarixiy biografik qissasi (1954) A. Toʻqay va M. Gʻafuriyning doʻstligi tarixiga bagʻishlangan. "Xotirga kelgan daqiqalar" kitobi (1957) ushbu qissaning davomi boʻlib, undan Boshqirdiston, Tatariston va Qozogʻistonning 1910—30 yillardagi adabiy hayotiga oid xotiralar oʻrin olgan. S Q. Gʻafur Gʻulom kabi oʻzbek shoirlari bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan. Ayrim sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.