Sardiniya
|
| |
| Geografiya | |
|---|---|
| Maydoni | 23 949 km2 |
| Dengiz sathidan balandligi | 384 m. |
| Ma'muriyat | |
| Davlat | Italiya |
| Mintaqa | Italiya, Italiya qirolligi, Sardiniya qirolligi va Corsica and Sardinia |
| Demografiya | |
| Aholisi | 1 628 384 |
| Qo'shimcha ma'lumot | |
Sardiniya — Oʻrta dengizdagi orol, Apennin yarim oroldan gʻarbda. Korsika oroldan Bonifacho boʻgʻozi orqali ajralgan. Italiya hududi. Maydoni 24 ming km². Sharqiy qirgʻoqlari tik, gʻarbi nisbatan qiya. Relyefi sharqida togʻli (eng baland joyi — LaMarmor togʻi, 1834 m), asosan, granit va kristalli slanetslardan tuzilgan. Gʻarbi va shimoligʻarbi lavali va tufli plato, jan.gʻarbi Kampidano pasttekisligidan iborat. Iklimi subtropik, oʻrta dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7—10°, iyulniki 24—26°. Ichliga tekisliklarda 600 mm dan togʻlarda 1000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Yozi qurgʻoqchil. Daryolari qisqa, qishda toʻlib oqadi. Suvi sugʻorishga sarflanadi. Doim yashil va barg toʻkuvchi oʻrmonlar, makvis chakalakzorlari bor. Xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi va konchilik rivojlangan. Kartoshka, dukkakli va donli ekinlar ekiladi, sitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Baliq ovlanadi, qoʻy boqiladi. Yirik shahri va porti — Kalyari.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.