Saraxbor

Saraxbor (fors.—arab. — bosh xabarlar) — 1) Shashmaqomning har bir maqomda ashula boʻlimi boshlanadigan birinchi, bosh shoʻba. S.lar maqom nomi bilan qoʻshilib, S.i Buzruk, S.i Rost kabi ataladi. Oʻz navbatida, har bir S.ning bir necha (6 tagacha) taronalari mavjud. Asosiy S.lardan tashqari Dugoh maqomining 2guruh shoʻbalar tarkibiga S.i Oromijon deb nomlangan shoʻba ham kirgan. S.lar 2 chorak takt oʻlchovidagi oddiy ravon (bakbum) doira usulida ijro etilsada, kuy tuzilishi juda murakkab. Ular daromad, miyonxat, dunasr, avek hamda ulardan keyin keladigan furovard kuy tuzilmalaridan tarkib topgan. S.lar avjida esa bir nechtadan namud ishlatiladi (mas, S.i Buzrukda Uz zol va Muhayyari Chorgoh, Si Rostda Segoh, Uzzol va Muhayyari Chorgoh namudlari va hokazo). Slar odatda, 15 va 14 hijoli muzore, mujtass, mutaqorib va ramal vaznlardagi gʻazallar bilan yakkaxon xonandalar va ashulachilar ansambli tomonidan (cholgʻular joʻrligida) aytiladi. S.lar maqomlarning bosh mavzui sifatida boshqa shoʻbalar ohang va tarkibiy tuzilishiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan; 2) tojik mumtoz musiqa merosida bir necha qismdan iborat boʻlgan, turlicha nomlanuvchi kuy va ashulalar nomi (jumladan, „Saraxbori Koʻhistoniy“).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.