Sakae (Nagano)
Sakae 栄村 | |
|---|---|
| Qishloq | |
|
| |
| 36°59′15.0″N 138°34′37.4″E / 36.987500°N 138.577056°E | |
| Mamlakat | Yaponiya |
| {{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
| Asos solingan | 1-aprel 1889-yil |
| Maydon | 271.66 km2 (104.89 kv mi) |
| Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
| Rasmiy til(lar)i | yapon |
| Aholisi (2019-yil aprel) |
1 828 |
| Zichligi | 6.7 kishi/km2 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
| Telefon kodi | 0269-87-3111 |
|
| |

Sakae (yaponcha: 栄村, Sakae-mura) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra qishloqda 817 ta xonadonda 1828 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 6,7 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 271,66 kvadrat kilometr (104,89 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi
Sakae uzoq shimoli-sharqiy Nagano prefekturasining togʻli qismida joylashgan boʻlib, sharqda Gunma prefekturasi va shimolda Niigata prefekturasi bilan chegaradosh. Qishloq qishi qattiq boʻlgan, qor juda kuchli yogʻadigan hududda joylashgan. Chikuma daryosi qishloqning shimoliy qismidan gʻarbdan sharqqa tomon oqib oʻtadi. Naeba togʻi (2145 metr) qishloqning Niigata prefekturasi bilan chegarasida oʻrnashgan.
Qishloqning shimoliy qismi orqali JR Iiyama liniyasi Chikuma daryosi vodiysi boʻylab oʻtadi. Qishloqning janubiy qismi tarkibiga chekka Akiyama-go hududi kiradi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
- Nagano prefekturasi
- Gunma prefekturasi
- Niigata prefekturasi
Iqlimi
Qishloq nam kontinental iqlimga ega boʻlib, yozi issiq va nam, qishi esa juda kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi (Köppen iqlim tasnifi Dfb). Sakae shahrida oʻrtacha yillik harorat 8,2 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1579 mm boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 21,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, −4,1 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Sakae aholisi soni soʻnggi 80 yil ichida 80 foizdan koʻproqqa kamaygan.
| Yil | Aholi | ±% |
|---|---|---|
| 1940 | 8,374 | — |
| 1950 | 7,067 | −15.6% |
| 1960 | 6,361 | −10.0% |
| 1970 | 4,449 | −30.1% |
| 1980 | 3,502 | −21.3% |
| 1990 | 3,053 | −12.8% |
| 2000 | 2,638 | −13.6% |
| 2010 | 2,215 | −16.0% |
| 2020 | 1,66 | −25.1% |
Tarixi
Hozirgi Sakae hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Shimominochi tumanidagi Minochi qishlogʻi va Shimotakai tumanidagi Sakai 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. Ikki qishloq 1956-yil 30-sentabrda birlashib, Sakae shaharchasini tashkil etgan.
Taʼlim tizimi
Sakae qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamdaa bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.
Koinotga aloqadorligi
Kichik sayyora qishloq nomi bilan atalgan — 22885 Sakaemura
Transporti
Temir yoʻl
Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Iiyama liniyasi
- Shinano-Shiratori — Hirataki — Yokokura — Mori-Miyanohara
Magistral yoʻl
- Milliy yoʻnalish 117
- Milliy yoʻnalish 405
Galereya
Manbalar
Havolalar
- Rasmiy sayti (yaponcha)
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.