Saarland

SaarOlmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti - Saarbrücken. Maydoni - 2 568,7 km2. 1 030 324 nafar aholi istiqomat qiladi (2008).

Saar — Olmoniya yeri. Mamlakatning gʻarbiy qismida, Saar va Mozel daryolari havzasida. Fransiya va Lyuksemburg bilan chegaradosh. Maydoni 2570 km². Aholisi 1,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Saarbryukken sh. Saar — mamlakatning sanoati rivojlangan yerlaridan. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ortigʻi sanoatda band. Yetakchi sanoat tarmogʻi — ogʻir sanoat (xususan, toshkoʻmir, k,. Caap-Lotaringiya ko'mir havzasi) va metallurgiya. Shuningdek, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika, poʻlat va nikel konstruksiyalar i.ch., toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati korxonalari ham mavjud. Qora metallurgiya sanoatining asosiy markazlari: Felklingen, Nyoynkirxen, Saarbryukken shaharlari. Kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari ham rivojlangan. Avtomobil vagonsozlik, oynasozlik, shisha, keramika korxonalari bor. Isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida donli, sabzavot va yem-xashak ekinlari ekiladi. Tokzorlar barpo qilingan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi.

Oʻtgan asrlarda Saar hududida faflik boʻlgan. 1815-yildan Saar Prussiya (1871-yildan Olmoniya imperiyasi) tarkibida. 1919-yilda Millatlar Ligasi komissiyasi boshqaruvi ostiga oʻtgan. 1935-yildan yana Olmoniyaga qoʻshilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Saar Fransiyaning Olmoniyadagi okkupatsiya zonasi edi. 1956-yildagi Fransiya va Olmoniya oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, 1957-yil 1-yanvardan yana Germaniya tarkibida.[1]

Havolalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.