Rustem Skibin

Rustem Vladimirovich Skibin

Tavalludi 1976-yil 6-aprel
Samarqand
Millati qrim-tatar
Sohasi Rassom
Mukofotlari Zaslnartv

Rustem Vladimirovich Skibin (ukraincha: :Рустем Володимирович Скибін, qrim-tatarcha: Rustem Vladimir oğlu Skibin, 1976-yil 6-aprel, Samarqand) – asli qrim-tatarlaridan boʻlgan ukrainalik keramik rassom va kulol. Ukrainada xizmat koʻrsatgan xalq ijodiyoti ustasi (2020). Qrim-tatar rassomlari uyushmasi aʼzosi.

Hayoti

Rustem Skibin 1976-yil 6-aprelda Samarqand shahrida tugʻilgan[1]. Otasining kelib chiqishi yarim ukrainalik, yarim nemis hisoblanadi. Onasi esa qrim-tatar[2].

Madaniyat va hayot jurnalining muqovasi, 2015-yil

1991-yilda A.Abdurasulov nomidagi Samarqand sanʼat bilim yurtiga oʻqishga kirgan[3]. Samarqand sanʼat bilim yurtida oʻqib yurgan kezlari ijodiy safar bilan Qrimga tashrif buyurgan. U 1996-yilda kollejni rassom-oʻqituvchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, shundan soʻng Qrimga koʻchib oʻtgan[4].

1996-yildan 2000-yilgacha Simferopoldagi Tavrika kulolchilik korxonasida bosh rassom boʻlgan. 2000-yildan Qrim-tatar rassomlari uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.

2000-yilda Simferopol tumani Akropolis qishlogʻida „El-Cheber“ („Ustalar mamlakati“ deb tarjima qilingan) studiyasiga asos solgan[5]. Ushbu studiya 2015-yilda jamoat tashkiloti sifatida roʻyxatga olingan. Mamut Churlu tomonidan toʻplangan Qrim tatarlarining kashtachiligidan bezaklar toʻplamiga asoslanib, u sopol buyumlarni polixromli boʻyash uslubini yaratdi[6]. Uning asosiy asarlari sopol idishlar va laganlardir. Bundan tashqari, usta qandil lampalar, favvoralar, bezak pannolari va cholgʻu asboblarini yasaydi[7]. 2004-yildan beri u „Qrim uslubi“ loyihasining ishtirokchisi, „Chatyr-Dag“ ijodiy uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.

Skibin Toronto festivalida, 2018-yil

Rustem Skibin 2005-yilda Ukraina xalq ijodiyoti ustalari milliy uyushmasi aʼzoligiga nomzod boʻldi. 2005-yildan boshlab Boqchasaroydagi „Chelmekchilar“ bolalar studiyasida dars bergan. 2007-yilda Simferopolda „Cheber-Eli“ (mohir qoʻllar) ijodiy ustaxonasini ochdi[8].

Simferopoldagi Yevromaydon namoyishlari ishtirokchisi[9]. 2014-yil 2-martda Qrimning Rossiyaga qoʻshilishi paytida u oilasi bilan Kiyevga koʻchib oʻtdi va u yerda bir yildan soʻng ijodiy ustaxona ochishga muvaffaq boʻldi. Ukraina poytaxtiga joylashgach „Kiyev shahridagi Qrim-tatarlar jamiyati“ faoliyatida qatnasha boshladi. Ushbu qoʻmitada madaniy rivojlanish qoʻmitasini boshqargan (2014-yildan). Rustem Skibin QrimSOS loyihasining koʻngilli ishtirokchisi hisoblanadi[10].

2021-yilda Ukraina moda haftaligida Rustem Skibin dizayner Polina Veller bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qrim-tatar bezaklari bilan liboslar kolleksiyasi taqdim etildi[11].

Mukofotlar va unvonlar

Rustem Skibin 2020-yil 21 avgustda Ukrainaning davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va maʼrifiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasi, muhim mehnat yutuqlari va yuqori professionalligi uchun „Ukrainada xizmat koʻrsatgan xalq sanʼati ustasi“ unvoni bilan taqdirlangan[12].

Adabiyotlar

  • Аблямитова Э. З. Возрождение крымскотатарской керамики в деятельности Рустема Скибина // Крымские Диалоги: Культура, Искусство, Образование. — 2018. — Вып. 4 (12).

Manbalar

  1. „Комитет“ (ru). Землячество крымских татар. 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  2. Зайцев Игорь. „«Мы свою историю мало писали» — художник Рустем Скибин про детство, ремесло и творческий процесс. Часть І“ (ru). QHA (2020-yil 15-sentyabr). 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  3. Терен Тетяна. „Шлях додому. Світ кримськотатарських орнаментів Рустема Скібіна“ (uk). УП.Культура (2018-yil 17-may). 2021-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  4. „«КРЫМСКИЙ СТИЛЬ» РУСТЕМА СКИБИНА“ (ru). Крымская республиканская универсальная научная библиотека им. И. Я. Франко (2020-yil 26-fevral). 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  5. Сластникова Людмила Александровна. КРЫМСКО-ТАТАРСКАЯ КЕРАМИКА НАЧАЛА XXI В. (ИСТОКИ И ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ) // Кунсткамера. — 2020. — Вып. 1 (7). — С. 160–167. — ISSN 2618-8619. Архивировано 2 sentyabr 2021 года.
  6. „Крымскотатарский арт на улицах украинских городов“ (ru). Ислам в Украине (2015-yil 7-may). 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  7. Сластникова Л. А. СОВРЕМЕННАЯ КЕРАМИКА КРЫМА (ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ) // Лавровский сборник: материалы Среднеазиатско-Кавказских исследований: этнология, история, археология, культурология. — СПб, 2007. — С. 202—209. Архивировано 2 sentyabr 2021 года.
  8. Серб М. А.. Кераміка України. Видавничий центр «Логос Україна», 2009 — 145-bet. ISBN 978-966-1581-04-2.  (Wayback Machine saytida 2021-09-02 sanasida arxivlangan)
  9. Тараненко Андрей. „Первый переселенец из Крыма Рустам Скибин о начале оккупации полуострова, побег в Киев и надежду на возвращение“ (ru). Украинская правда (2021-yil 7-mart). 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  10. „Рустем Скибин: Возвращение на историческую Родину пролегает через культуру“ (ru). Ислам в Украине (2015-yil 30-iyun). 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  11. Глянько Катерина, Савіна Альона. „На Ukrainian Fashion Week представили новую коллекцию одежды с крымскотатарскими орнаментами“ (ru). Суспільне Крим (2021-yil 9-fevral). 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  12. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №335/2020“ (uk). Офіційне інтернет-представництво Президента України. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.