Rustam Mariani

Vikipediyada ismi Rustam boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Rustam Mariani

Rustam Mariani posho
Tavalludi 1810
Vafoti 1895
London, Angliya
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi

Rustam Mariani, shuningdek Rüstem Mariani posho, Rüstem posho, Rostem posho nomlari bilan ham tanilgan (1810–1895) – Usmoniylar diplomati, hamda Livan togʻi mutasarrifligining uchinchi hokimi (mutasarrifi) boʻlgan.

Yoshlik davri

Rustam 1810-yilda Florensiya yoki Istanbulda tugʻilgan va italiyalik lotin katolik Chimelli di Marini oilasidan boʻlgan[1]. Uning otasi zodagon nasldan boʻlgani va Usmoniylar sulolasi bilan qarindoshlik aloqalari mavjud boʻlgani taxmin qilinadi. Rustam yaxshi taʼlim olgan, biroq otasi yoshligida vafot etgan va shu sababdan oila oʻzining boyligini yoʻqotgan[2].

Faoliyati

Diplomatik faoliyati

Rustam Mariani oʻzining diplomatik faoliyatini 1848-yilda Mehmed Fuad poshoga yordamchi va kotib sifatida boshlagan. Bu maxsus missiya Moldaviya va Vallaxiyani, yaʼni hozirgi Ruminiya hududidagi Dunoy knyazliklarini tartibga solishga qaratilgan boʻlib, oʻsha paytda bu yerlar rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan edi. 1854-yilda Rustam yana Fuad posho bilan birga Epiros va Fessaliyada tinchlikni tiklash boʻyicha topshiriq olgan, shundan soʻng tashqi ishlar idorasida bosh kotib lavozimiga tayinlangan. 1856-yildan boshlab u 14 yil davomida Italiyada Victor Emmanuel saroyida, Turin, Florensiya va Rimda Usmoniylar imperiyasi vakili sifatida xizmat qilgan, shuningdek, Rossiya imperiyasining Sankt-Peterburg shahrida, keyinchalik Buyuk Britaniyaning London shahrida elchi boʻlib ishlagan[3].

Hokimlik faoliyati

1873-yilda Rustamga vazir unvoni berilib, imperator farmoni bilan Livan togʻi hokimi etib tayinlangan. U bu lavozimda 10 yil xizmat qilgan va musulmon druzlar hamda maronitlar oʻrtasidagi irqiy va dini ziddiyatlarni kamaytirishga erishgan[2].

Soʻnggi yillari va vafoti

1885-yilda 75 yoshida Rustam Mariani Musurus poshoning oʻrniga Londondagi elchi lavozimini egalladi. U 1895-yil 19–20-noyabr kechasi Bryanston maydonidagi Turkiya elchixonasida vafot etdi[1]. Uning dafn marosimi rim-katolik marosimlari asosida Manchester Squaredagi Avliyo James cherkovida kardinal Herbert Alfred Vaughan tomonidan oʻtkazilgan, va u Avliyo Mary katolik qabristonida dafn etilgan. Uning qabri hozir ham saqlanib qolgan, raqami 2763[4] [2].

Shaxsiy hayoti

Rustam umri davomida hech qachon uylanmagan[2].

Manbalar

  1. 1,0 1,1 „"The Late Rustem Pasha" in 30 November Issue of "Illustrated London News", page 659“. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Akarli, Engin „The Long Peace: Ottoman Lebanon, 1861–1920“. University of California Press - California Digital Library. Berkeley: University of California Press (1993). Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  3. „"The Late Rustem Pasha" in 30 November Issue of "Illustrated London News", page 659“. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.[sayt ishlamaydi]
  4. „St Mary's Cemetery, persons of note“.(https://stmaryskensalgreen.co.uk/wp-content/uploads/2021/02/St-Marys-Cemetery-Persons-of-note-5.pdf}})

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.