Romshteks

Romshteks (inglizcha: rump steak[1]) — yengil toʻqmoqlangan lahm goʻsht, odatda mol goʻshti[2], orqa qismidan kesiladi, koʻpchitilgan yangi tuxum, suv va tuz aralashmasi bilan namlanadi, soʻng talqonga bulanadi.

Romshteks porsiyali yarim tayyor mahsulot shaklida talqonga bulangani ham, talqonsizi ham ishlab chiqarilishi mumkin[2].

Tayyorlash texnologiyasi

Mol goʻshti boʻlagi — orqa yoki son qismining eng uzun mushaklari — parda va paylardan tozalanadi. U goʻsht tolasi boʻylab qalinligi 1,5-2 sm, har birining ogʻirligi 70 yoki 100 g boʻlgan parchalarga ajratiladi. Bu parchalar toʻqmoqlanadi, tuzlanadi, qalampirlanadi, soʻngra lezonda (ozroq suv yoki sut bilan tuxum aralashmasi) namlanadi va talqonga belanadi.

Goʻsht sabzavot yoki sariyogʻ bilan qizdirilgan tovada 170 °C haroratda ikki tomonida qobiq hosil boʻlguncha qovuriladi, soʻngra pechda yoki konveksiya pechida tayyor holga keltiriladi. Tayyor boʻlgani sanchqi bilan aniqlanadi — u goʻshtga erkin sanchilishi va shunda shaffof shira sizib chiqishi kerak.

Romshteks isitilgan yassi tarelkada eritilgan sariyogʻ bilan tortiladi. Bezatish uchun boʻtqa, qaynatilgan loviya, qovurilgan baqlajon yoki kartoshka, yangi yoki konservalangan sabzavotlar ishlatiladi.

Romshteks madaniy asarlarda

Romshteks rus va sovet mualliflarining asarlarida ham restoran, ham uyda ovqat pishirish manzarasida tilga olinadi. Masalan, M. N. Gerchikning romanida „qoyilmaqom romshteks“ „meʼdaga tekkan makaron“ga qarama-qarshi qoʻyiladi[3]. V. N. Petrovning „Dunyo koʻrinadigan nuqta“ romanida serjant likopchasidagi romshteks askar likopchasidagi kotletlardan farqlanadi[4]. Vladimir Kolichevning postsovet kriminal romanida romshteks „ sovet restorani standarti“ deb tilga olinadi[5].

Manbalar

  1. Bolshoy tolkoviy slovar
  2. 2,0 2,1 Semenchenko S. V., Baranikov A. I., Kolosov Yu. A., Zasemchuk I. V., Degtyar A. S. Texnologiya pervichnoy pererabotki produktov jivotnovodstva. Uchebnik. — Персиановский. Донской государственный аграрный университет, 2010 — S. 36—39.
  3. Mixail Gerchik. Otdayosh navsegda. — Minsk : Mastats. lit., 1992. — S.168
  4. Владимир Николаевич Петров. Точка, с которой виден мир. — Воениздат, 1970. — С. 181. — «Кушайте, товарищ сержант. Натуральное блюдо из первосортного филе. Так сказать, ромштекс. Это действительно был ромштекс. И, кажется, недурно, со знанием дела приготовленный. А в тарелках солдат лежали котлеты.»
  5. Владимир Колычев. Твоё место на зоне. — Эксмо, 2006. — «Разнообразием ассортимента ресторан похвастаться не мог. Совковый стандарт — котлета по-киевски, шницель по-министерски, лангет, ромштекс…»

Adabiyotlar

  • „Ромштекс“, Краткая энциклопедия домашнего хозяйства — 531-bet. 
  • Romshteks // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (glavniy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1959. — T. VII. — Stb. 801
  • Ratushniy A. S. Romshteks // Vsyo o ede ot A do Ya: Ensiklopediya. — M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya „Dashkov i K°“, 2016. — S. 319. — 440 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-394-02484-9.
  • Усов В. В. „Ромштекс“, . Основы кулинарного мастерства: искусство приготовления закусок и основных блюд, Кулинарное искусство. От профессионалов. М.: Эксмо, 2017 — 355-bet. ISBN 978-5-699-80934-9. 
  • С. Грознов, Ф. Никашин „Ромштекс“, . Мясные блюда, 150 000 экз, Библиотека повара, М.: Госторгиздат, 1960 — 52-bet. 
  • Erhard Gorys. Rumpsteak // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 454. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.