Raygras
Raygras (Arrhenatherum) — qoʻngʻirboshdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, yemxashak ekini. Uning boʻychan P., koʻp oʻrimli R. va bir yillik (yaylov) R. turlari bor. Boʻychan P. (A.elatius) — koʻp yillik oʻt. Yevropada, Shimoliy Afrika, Osiyo va Oʻrta Osiyoda ekiladi. Asosan, pichan qilinadi, koʻk poyalari taxirroq. Mollarga boshqa gʻalladoshlar va dukkakli oʻtlar bilan aralash holda beriladi. 100 kg pichanida 46,7 ozuqa birligi va 3,4 kg hazm boʻluvchi protein bor. Bahorda erta koʻkaradi, tez oʻsadi. R hosildorligi urugʻ boʻyicha 2—3, pichan boʻyicha 6070 s/ga. Ozuqa uchun R.ni> roʻvaklanish va gullashigacha oʻriladi. Kech oʻrilsa poyasi dagʻallashadi. Boʻychan R., shuningdek, gazon oʻti sifatida ham ekiladi. Koʻp oʻrimli R. (A.lolium multifl orum) siyrak tupli ekin, beda va dukkakli oʻtlar bilan aralash ekiladi. Tez oʻsadi, sugʻorilsa 6—7 marta oʻrib olish mumkin. Pichan tarkibida 12% protein va 2,6% moy bor. Yaylov R. koʻp oʻrimli R.ning bir yillik turi. 100 kg poyasida 20 ozuqa birligi, 1,2 kg hazm boʻladigan protein bor. Boshoq tortish va gullash davrida uriladi. Gektaridan 60—80 s pichan olinadi.
Adabiyot
- Otaboyeva H. va boshqa, Oʻsimlikshunoslik, T., 2000.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.