Radioaloqa
Radioaloqa — ikki yoki bir necha punktlar yoki harakatlanayotgan obʼyektlar (kosmik kema, samolyot, kema va boshqalar) orasida radiotoʻlqinlar vositasida amalga oshiriladigan aloqa. Radioaloqa uchun barcha diapazondagi radiotoʻlqinlar qoʻllanadi. Radiochastotalardan foydalanish va R. qoidalari xalqaro konvensiya (1908-yil 1 iyulda kuchga kirgan) bilan belgilangan.
Vazifasi va taʼsir chegarasiga qarab, R. xalqaro hamda ichki Radioaloqa liniyasiga bogʻlanadi. Ichki Radioaloqa liniyasi magistral (respublika markazi bilan viloyatlar markazlari orasida va boshqalar) va zonali (viloyat va tumanlar ichidagi) aloqa xillariga boʻlinadi. R. liniyalari mamlakatning Yagona avtomatlashtirilgan aloqa tizimiga kiritiladi. R. xizmati vazifasi, taʼsir uzoqligi, strukturasi va boshqa bilan farq qiladi. Xususan, yerda oʻrnatiladigan va kosmik R. (kosmik R.ga bir yoki bir necha sunʼiy yoʻldoshlar yoxud boshqa kosmik obʼyektlardan foydalaniladigan R.lar kiradi), belgilangan (maʼlum punktlar orasida) va harakatdagi (harakatdagi va statsionar radiostansiyalar yoki harakatdagi radiostyalar orasida); radioeshittirish va televideniyega boʻlinadi.
Radioaloqa va maxsus xizmatlar uchun baʼzi vazirlik va tashkilotlar (Mas, fuqaro aviatsiyasi, temir yoʻl, dengiz va daryo transporti, oʻt oʻchirish, militsiya, tib. xizmat), shuningdek, sanoat, qishloq xoʻjaligi korxonalari va boshqalarda ichki R. xizmatidan foydalaniladi[1].
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.