Radikulit

Radikulit
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos nevrologiya
DiseasesDB 29521
MeSH D011843

Radikulit (lotincha: radicula — ildizcha) — orqa miyaning nerv ildizlari va ulardan ketadigan nerv tolalari kasalligi. Periferik nerv sistemasining eng koʻp tarqalgan xastaligi. Koʻpincha umurtqa pogʻonasi kasalligi (osteoxondroz) sabab boʻladi. Bunda amortizatsiya rolini oʻynaydigan umurtqalararo disk elastikligini yoʻqotib, moʻrt boʻlib qoladi. Diski oʻzgargan umurtqaning birikkan yerida tuz yigʻilib, suyak oʻsishi (osteofitlar) kuzatiladi. Oʻsib chiqqan suyak oʻsiqchalari umurtqa orasidan oʻtadigan nerv ildizchalarini qisishi natijasida ogʻriq paydo boʻladi. radikulit jarohatlar oqibatida, sovqotish (Mas, uzoq vaqt muzday suvda yuvinish, zax joyda oʻtirish va boshqalar), organizm ichdan zaharlanganda, yuqumli kasalliklar asorati sifatida roʻy berishi mumkin.

Zararlangan nerv ildizchalari va nerv tolalari boʻylab ogʻriq paydo boʻlishi va sezuvchanlikning yoʻqolishi, baʼzan harakat buzilishi ham radikulitga xos alomatlardan hisoblanadi. Radikulit, odatda, birdaniga paydo boʻlib, koʻp hollarda surunkali shaklga oʻtadi va vaqtvaqti bilan qoʻzib turadi. Nerv tolalarining qaysi qismi zararlanganligiga qarab, radikulit har xil boʻladi. Eng koʻp tarqalgan xili beldumgʻaza radikulitidiradikulit Bunda beldumgʻaza sohasida hamda quymich nervi boʻylab har xil ogʻriq paydo boʻladi. Ogʻriq qimirlagan paytda kuchayadi, shuning uchun bemor birdaniga qimirlay olmaydi, yurganida esa tanasini oldinga yoki yonga egib oladi, natijada umurtqa pogʻonasining qiyshayishi, orqa muskullarining taranglashishi kuzatiladi. Bemor ogʻriqni kamaytirish uchun oʻrinda oyogʻini bukib, qorniga tortib yotadi. Agar faqat bel nervi ildizchalari zararlansa, ogʻriq son yuzasida boʻladi. Quymich nervi chiqadigan dumgʻaza boʻlimi ildizchalari koʻproq zararlanishi bilan oʻtadigan beldumgʻaza radikulit i ishias deb ham yuritiladi.

Ishiasda ogʻriq kuymich nervi boʻylab (dumba, sonning orqa yuzasi, boldir, oyoq panjasiga) tarqaladi. Oyoq sovqotadi, uvushadi, chumoli yurgandek seziladi. Kasal oyoqning muskullari tonusi pasayadi va „soʻlib“ qolganga oʻxshaydi, keyinchalik atrofiyaga uchraydi. Quymich nervining tortilishi (odam engashganda, oyoq koʻtarilganda va boshqa vaziyatlarda) ogʻriqning zoʻrayishiga olib keladi.

Boʻyin-yelka radikulitida ogʻriq ensaga, yelkaga, kurakka tarqaladi. Boshni qimirlatganda va atrofga qarab qiyshaytirilganda, qoʻl qimirlatilganda, aksirganda, yoʻtalganda ogʻriq zoʻrayadi. Kasallikning ogʻir shakllarida qoʻl uvushadi, lovullab achishadi va sanchadi, keyinchalik sezish ham oʻzgara borib, sekinasta muskullar kuchsizlanib „ozadi“ (atrofiya).

Koʻkrak radikuliti kam uchraydi. Bunda ogʻriq qovurgʻalar oraligʻida boʻladi va qimirlaganda, chuqur nafas olganda zoʻrayadi.

Radikulit bilan ogʻrigan bemorni nevropatologvrach davolaydi. Davo radikulitni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etishga qaratiladi. Radikulitning oldini olishda davo gimnastikasi, fizkultura va har xil sport turlari bilan shugʻullanish (organizmni chiniqtirish) katta ahamiyatga ega[1].

Boʻyin radikuliti

Sabablari. Eng asosiy sabablaridan biri shu joyda kuzatiladigan osteoxondroz, yaʼni birlamchi umurtqa pogʻonasidagi oʻzgarishlar. Radikulit Yelka kamari va qoʻllardagi ogʻriq alomatlari (braxialgiya bilan pleksitlar)ning koʻpchiligi umurtqalar orasidagi disklarda yuzaga kelgan oʻzgarishlarga bogʻliqdir. Radikulit boʻyin boʻlimidagi umurtqalararo disklarning zararlanishi natijasida shu boʻgʻimlarda suyak oʻsimtalari paydo boʻladi. Bu oʻsimtalar umurtqalar orasidan orqa miya

nervlarining ildizlari oʻtadigan teshiklarni toraytirib qoʻyadi. Boʻyin boʻlimidagi orqa miya nerv ildizlarining zararlanishi asosan 40 yoshdan oshgan odamlarda, koʻproq erkaklarda uchraydi. Boʻyin radikuliti bilan ogʻrigan bemorlar ish vaqtida boʻyin mushaklarini taranglashtiruvchi, boshni engashtirib va burib, qoʻllari bilan bir xilda harakat qiladigan odamlarda koʻproq uchraydi (suvoqchilar, boʻyoqchilar toʻquvchilar va boshq.).

Klinik manzarasi. Bemorlar boʻyin va qoʻl sohasi ogʻrib turishidan shikoyat qiladi. Koʻpincha boshini majburan bir tomonga yoki oldinga engashtirib turadilaradikulit Bemorni tekshirganda ogʻriq boʻyin qismida boʻladi. Paypaslab koʻrilganda ogʻriq paravertebral nuqtalarda kuzatiladi. Agar ogʻriq qoʻlga oʻtsa, u vaqtda yana ogʻriq oʻmrov usti hamda ostida, qoʻltiq tagida boʻladi. Boʻyin radikulitida qoʻlda, bilak va yelka mushaklarida gipotoniya, atrofiya kuzatiladi. Qoʻldagi bilakni yozuvchi va bukuvchi suyak usti reflekslari pasayadi yoki yoʻqoladi. Sezgi boʻyin segmentlari sohasida va qoʻlda yoʻqoladi (gipesteziya). Umurtqa pogʻonasini rentgenogrammasida umurtqa tanalarining chetlarida suyak oʻsimtalari borligi maʼlum boʻladi.

Koʻkrak radikuliti

Umurtqa pogʻonasi koʻkrak boʻlimida orqa miya nerv ildizlarini zararlanishida ogʻriq koʻkrak sohasidagi umurtqalarda hamda koʻkrak qafasida boʻladi. Agar ogʻriq koʻkrak qafasining chap tomonida boʻlsa, unda klinik jihatdan biroz qiyin boʻladi. Chunki bemorda hamma vaqt yurak kasalligini inkor etishimiz kerak. Koʻkrakdagi ogʻriq va uning chap qoʻlga berilishi koʻpincha radikulitga oʻxshaydi. Bu, aksincha, stenokardiya va infarkt miokardda ham kuzatilishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarni dastlab, albatta, yuragini tekshirishdan oʻtkazish zaruradikulit Koʻkrakning yuqori qismi mushaklarining koʻp qismini boʻyindagi nerv

ildizlari taʼminlaydi, shuning uchun qattiq ogʻriq boʻlmaydi. Juda koʻp kasalliklarda — sil spondiliti, aortalar anevrizmi, Bexterev kasalligi, orqa miya oʻsmalari va stenokardiyada umurtqa pogʻonasining koʻkrak boʻlimida ogʻriq paydo boʻlishi mumkin. Agar yurak sohasida oʻzgarishlar boʻlmasa, unda koʻkrak radikuliti deb davolashimiz mumkin.

Klinik manzarasi. Bemorni tekshirganda koʻkrak umurtqa sohasining oʻng va chap tomonida — paravertebral nuqtalarda ogʻriq hamda shu segment sohasida sezgining pasayishi yoki yoʻqolishi kuzatiladi. Koʻkrak radikuliti boshqa radikulitlarga nisbatan kam uchraydi, chunki koʻkrakning oʻzi kam harakat qiladi.

Davosi. Boʻyin va koʻkrak radikuliti ogʻrigan bemorlarga analgetiklar (analgin, sedalgin, aspirin, baralgin, diklofenak), vitaminlar B 1, B12, diodinamik toklar, umurtqa pogʻonasining boʻyin boʻlimiga novokain bilan qilinadigan elektroforez, uqalash, vodorod sulfidli yoki rodonli vannalar tavsiya etiladi[2].

Yana qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. X. Q. Shodmonov, X. Sh. Eshmurodov O. T. Tursunova. ASAB VA RUHIY KASALLIKLAR. «Bilim» nashriyoti, 2004. 




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.