Qibray

Qibray

Qibray
shahar
41°23′23″N 69°27′54″E / 41.38972°N 69.46500°E / 41.38972; 69.46500
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Qibray tumani
Aholisi
 (2011)
27 700
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qibray xaritada
Qibray
Qibray
Qibray xaritada
Qibray
Qibray

Qibray – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi shahar (1973-yildan), tuman markazi. Toshkent va Chirchiq shaharlari oraligʻida joylashgan. Toshkent shahridan 18 km shimoli-sharqda joylashgan. Eng yaqin temir yoʻl Qodiriya (10 km) stansiyasi hisoblanadi. 2024-yilgi maʼlumotlarga koʻra aholisi 100 ming kishini tashkil etgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra „Qibray“ (qadimda „Qiray“) nomi qadimiy turkiy qabila nomidan kelib chiqqan.

Tarixi

Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, asosiy aholi punkti XVIII asr boshlarida rivojlana boshlagan. Eski Toshkentdan bir necha oilalar unumdor yerlarni oʻzlashtira maqsadida kelgan va keyinchalik doimiy aholi sifatida shu yerda qolgan. XX asrning 30-yillarida eski yer egalarining yerlari aholi oʻrtasida qayta taqsimlangan[1].

1959-yilda Yadro fizikasi instituti va Ulugʻbek (shaharcha) qishlogʻi tashkil etilgandan soʻng yangi qishloqqa yoʻl va koʻprik qurilgan.

1995-yilda qishloq markazida yangi avtovokzal, bozor, savdo doʻkonlari, yodgorlik barpo etish ishlari olib borilgan.

2011-yilda qishloqning markaziy qismida navbatdagi rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, asosan 1950-yillarda qurilgan eski turar-joy binolari buzib tashlangan va markaziy Alisher Navoiy koʻchasi boʻylab yangi turar-joy va noturar-joy binolari qurilgan.

Qishloqda futbol stadioni, 2 ta oʻrta maktab, mahalla fuqarolar yigʻini, masjid, bosmaxona, koʻplab savdo doʻkonlari, viloyat ahamiyatiga molik asosiy maʼmuriy binolar mavjud.

„Yangiobod“ mahallasi oʻtgan asrning toʻqsoninchi yillarining boshlarida mahalliy aholiga yer maydonlarining ajratilishi natijasida tashkil topgan. U „Yakkachoʻp“ koʻchasi „Qorasuv“ kollektori ustidagi koʻprikning tarixiy nomi bilan atalgan[2][3].

1992-yilda toponimiya komissiyasi Orjonikidzevskiy tumani nomini oʻzgartirish masalasini oʻrganib chiqqan. Komissiya raisi J. Xonazarov Boʻzsuv tumani nomiga oʻzgartirish taklifini ilgari surgan. Uzoq davom etgan bahs-munozaralardan soʻng Qibray qishlogʻi vakili B. Usmonov tashabbusi bilan Orjonikidzevskiy tumani Qibray tumani deb nomlangan[4].

Qibrayda sanoat, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxonalari va mikrofirmalar, qoʻshma korxonalar, Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tokchilik va vinochilik filiallari, avtokorxona, MTP, dehqon bozori bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, litseylar, kasbhunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, Mustaqillik maydoni, oʻquv sport xonasi, stadion, suzish havzasi va boshqa koʻplab sport inshootlari mavjud. Shahar oʻrtasidagi maydonda Xotira monumenti oʻrnatilgan. Qibrayda tuman markaziy kasalxonasi, tibbiy tez yordam boʻlimi, poliklinika, markaziy dorixona, tugʻruqxona majmui va boshqalar tibbiy muassasalar faoliyat yuritadi. Shaharcha yaqinida bir qancha sanatoriy va dam olish uylari (shu jumladan, „Botanika“, „Boʻston“, „Umid gulshani“, „Qibray“, „Navbahor“, „Energetik“ va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Qibraydan Toshkent shahrigacha avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent – Xoʻjakent elektr poyezdi Qibray yonidan oʻtadi.

Manbalar



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.