Qavarish

Oyoqning tag qismlarini qavarishi.

Qavarish — turli mexanik taʼsirlar natijasida badanning biror sohasi terisiga shikast yetishi. Koʻpincha oyoq barmoqlari va tovon qavaradi. Oyoq terlashi, poyabzalni notoʻgʻri tanlash, teri parvarishiga rioya qilmaslik va boshqalar qavarishga ga sabab boʻladi. Qavarish qoʻl kaftida (yer chopganda va boshqalar xil jismoniy mehnat qilganda), qoʻltiq osti va boʻyinda (qattiq yoqali, kraxmallangan, choklari notekis ich kiyim kiyish oqibatida) ham uchrashi mumkin. Qavargan joy achishib ogʻriydi, doim namlanib turadi, terisi shilinib qizaradi, bir oz shishadi, soʻnfa ichida suyuqlik toʻla pufakcha (suvli qadoq) hosil boʻladi, keyinchalik pufakcha yorilib, yuza yaraga aylanadi; shu joy terisi suvlanib turadi. Qavargan joyni kaliy permanganatning nimrang eritmasi bilan yuvish yoki vanna qilish, soʻngra avaylab artish; pufakchalar paydo boʻlsa, brilliant yashili yoki metilen koʻki surtib, steril bogʻlov qoʻyish zarur. Qavargan joy katta boʻlsa yoki u yiring boylasa, darhol vrachga uchrashish lozim. Agar Qavarishning oldi olinmasa, teri ichiga mikroblar oʻtib, terining yiringli kasalliklari yuzaga kelishi mumkin. Qavarishning oldini olishda oyoqqa mos poyabzal tanlash, koʻp terlashni davolash, ich kiyimlarni tez-tez almashtirib turish, terini toʻfi parvarish qilish alohida ahamiyatga ega. Jismoniy ish qilganda (xaskash, bel, ketmon bilan ishlaganda) qoʻlqop kiyib olish kerak.

Adabiyotlar



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.