Qanos
Qanos (koʻkrak) — meʼmoriy qism; peshtoq ravogʻining tepasidagi tumorsimon juft shakl. Q. yuqoridan gorizontal, yonlaridan vertikal va pastdan ravoqning egri (linga) chiziqlari bilan chegaralanadi. Ravoq lingasini chiqarishda gʻishtlar radial yoʻnalishda, Q. qismida gorizontal qoʻyib teriladi. Q. bino tarzlariga diqqatni tortish, meʼmoriy mujassamotga urgʻu berishga xizmat qiladi.
9— XII asrlarda Q.ning tepa burchaklari aksari boʻrtiq doira shakl bilan, ravoqning uch (choʻqqi)larini oʻziga xos tugun bilan ajratish usuli qaror topgan (Raboti Malik karvonsaroyi, Oʻzgan maqbaralarining peshtoqlarida), dinamik kvadratlar (katta kvadrat ichiga 45° da burib kirgizilgan kichik kvadratlar) va ravoqlarning choʻqqilarida uchburchaklar (Ismoil Somoniy maqbarasida) qoʻllangan. Q. sirti uning shakliga mos nabotiy (mas, Koʻhna Urganchdagi Faxriddin Roziy maqbarasish) va sirkor (Tillakori madrasa bosh peshtogʻida) naqshlar bilan toʻldiriladi; sirkor, nabotiy naqshlarda ham band (gul band) lari IX—XII asrlardagi doiralarni eslatuvchi (gajaksimon) tarzda bajarilgan. Baʼzan Q.larda ohu, sher, quyosh (Sherdor madrasa bosh peshtogʻida), qushsemurgʻ (Buxorodagi Nodir Devonbegi madrasasi Q.da) tasvirlari ham qoʻllangan.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.