Poʻlatxon

Vikipediyada ismi Poʻlat boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Poʻlatxon
Mullo Isʼhoq Mullo Hasan oʻgʻli
Tavalludi 1844-yil
Vafoti 1876-yil
Margʻilon

Isʼhoq Hasan oʻgʻli, Mullo Isʼhoq Mullo Hasan oʻgʻli („Poʻlatxon“) – 1875—76-yillarda Qoʻqon xonligida koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni rahbari[1].

Hayoti

Uning haqiqiy ismi Mullo Isʼhoq Mullo Hasan oʻgʻli. Boston qabilasidan boʻlgan qirgʻiz. Taxminan 1844-yilda Uxna qishlogʻida tugʻilgan[2]. Qoʻqondagi „Tunqotar“ madrasasida, keyinchalik Margʻilondagi „Oqmadrasa“ madrasasida tahsil olgan, otasi mudoris boʻlgan. Isxoq madrasaning qattiq tartib-qoidalariga chidolmadi va otasining qarshiliklariga qaramay, 1867-yilda oʻqishni tashlab ketadi[3].

Poʻlatxon Andijonda imomlik qilgan.

Poʻlatxon qoʻzgʻaloni

1872-yil Sher Dodho boshliq bir guruh qoʻqonliklar Samarqandda istiqomat qilayotgan Poʻlatxonni (Olimxoning nevarasi) Qoʻqonga taklif qilib, uni xon qilib koʻtarishga vaʼda qilishadi. Lekin, Poʻlatxon bu taklifni rad etadi. Shundan soʻng qoʻqonliklar Toshkentga kelib, Abdulmoʻmin otaliq bilan uchrashganlar. Ularning iltimosiga koʻra, Ishoq Hasan „Poʻlatxon“ nomi bilan qoʻzgʻolonga boshchilik qilishga rozi boʻlgan va Namanganga kelib qoʻzgʻolonga rahbarlik qila boshlagan. Uning tomoniga yirik boy va harbiylar, hatto Xudoyorxonning oʻgʻli va boshqa qarindoshlari ham oʻtgan. 1875-yil 22-iyulda Xudoyorxon Toshkentga qochishga majbur boʻladi. Xon taxtiga Poʻlatxon va Xudoyorxonning katta oʻgʻli Nasriddinbeklar asosiy daʼvogarlar edi. 1873-yilda qirgʻizlar Poʻlatxonni Qoʻqon xoni deb eʼlon qilgan edilar. Ammo, Xudoyorxon Toshkentga qochgandan keyin Abdurahmon oftobachi Nasriddinbekni xon deb eʼlon qilib taxtga oʻtqizgan. Shu sababli Poʻlatxon Abdurahmon oftobachi va Nasriddinxonlarga qarshi kurashni boshlab yuboradi. Oqibatda, Qoʻqon xonligida ikki hokimiyatchilik paydo boʻladi. Buning oldini olib, kuchlarni birlashtirish maqsadida Abdurahmon oftobachi 1875-yil 7-avgustda Chor Rossiyasi mustamlakachilariga qarshi gʻazavot eʼlon qiladi va xalq ozodlik harakatini boshlab yuboradi. Poʻlatxon bu harakatni qoʻllab quvvatlaydi, ammo qoʻshinini jangga olib kirmaydi. 1875-yil 23-avgustda Maxram qalʼasi ostonasida ruslar bilan Abdurahmon oftobachining qoʻshini oʻrtasida qattiq jang boʻladi. Qoʻqonliklar magʻlubiyatga uch-raydi. K. P. Kaufman qoʻzgʻolonchilarni birin-ketin tor-mor etib, Qoʻqon, Margʻilon va Oʻsh shaharlarini jangsiz bosib olgan. 1875-yil 22-sentyabrda Kaufman Margʻilon shahriga Nasriddinxonni taklif qilib, aholi uchun juda ogʻir boʻlgan shartnomaga imzo chektiradi. Natijada, aholi Nasriddinxonga qarshi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Nasriddinxon Toshkentga qochishga majbur boʻladi. Poʻlatxon rasman Qoʻqon xoni deb eʼlon qilinadi. Abdurahmon oftobachi ham uni tan oladi, Poʻlatxon bilan yarashib harbiy kuchlarini birlashtiradi. Rus askarlari bilan boʻlgan janglarda kuchlar teng boʻlmagani natijasida Poʻlatxon magʻlubiyatga uchraydi. 1876-yil 1-martda Margʻilon shahrida dorga osib oʻldiriladi[1][4].

Xotira

Chotqoldagi Poʻlatxon togʻ platosi[ru] uning nomi bilan atalgan[2]. Hozir qabri Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani Poʻlatxon qabristonida.

Manbalar


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.