Pnevmoskleroz
Pnevmoskleroz – oʻpkada biriktiruvchi toʻqimalarning koʻpayishi, ularning faoliyatining buzilishi. Koʻpincha oʻpkada yalligʻlanish yoki distrofik jarayonlarning natijasi boʻlib, zararlangan qismlarda elastiklik va gaz almashinuvining buzilishi bilan birga kechadi. Ushbu patologiya bronxlarning deformatsiyasiga, oʻpka toʻqimalarining siqilishiga va burishishiga olib keladi, buning natijasida oʻpka hajmi kamayadi. Ushbu patologiya har qanday yoshda rivojlanishi mumkin[1].
Etiologiyasi va patogenezi
Pnevmosklerozga oʻpkaning yalligʻlanish va destruktiv (zotiljam, absess), alohida tabiatdagi (sil) va oʻpka zararlanishi bilan kechuvchi kasb kasalliklari (pnevmokoniozlar), alveolit, oʻpka toʻqimasining jarohatlar oqibatida zararlanishi, nurlanish va boshqalar sabab boʻladi[2].
Klinik manzarasi
Pnevmosklerozga xos boʻlgan spetsifik klinik belgilar yoʻq. Klinik manzarasida pnevmoskleroz rivojlanishiga sabab boʻlgan kasalliklarning (surunkali zotiljam,bronxoektaz va boshqalar) belgilari yuzaga chiqishi mumkin. Shu bilan birga pnevmosklerozda, ayniqsa uning diffuz shakllarida, koʻpincha oʻpkaning ventilyatsiya faoliyati buziladi va bu klinik jihatdan hansirash va sianoz bilan namoyon boʻladi. Kechki bosqichlarida fibroz sohalarga mos tushuvchi keng oʻchoqlar paydo boʻladi[2].
Kechishi
Pnevmosklerozga sekin-asta zoʻrayib boruvchi gipoksemiya, oʻpka gipertenziyasi, yaqqol namoyon boʻlgan nafas va yurak yetishmovchiligi rivojlanishi xos[2].
Davolash
Pnevmosklerozni davolashning oʻziga xos uslublari mavjud emas. Uning rivojlanishiga sabab boʻlgan kasalliklar (surunkali zotiljam, bronxoektaz kasalligi va boshqalar) davolanadi. Nafas va yurak yetishmovchiligi qoʻshilganda simptomatik davo choralari qoʻllanadi (oksigenoterapiya, yurak glikozidlari, siydik haydovchi dorilar). Pnevmosklerozning profilaktikasi nafas aʼzolarining oʻtkir va surunkali kasalliklarini oldini olish va davolashdan iborat[2].
Manbalar
- ↑ „Pnevmoskleroz“. Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Ichki kasalliklar propediftikasi — 188-bet. Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.