Pleonazm
Pleonazm (yun. pleonasmos — ortiqchalik) — bir xil yoki sinonimik ifoda vositalarining (til birliklarining) semantik jihatdan takror holda qoʻllanishi. P. tejamlilik prinsipiga zid hodisadir. Biroq shunga qaramay u uslubiy vazifa bajarishga asoslanadi. Pleonastik qoʻllanish uchun shakliy takror asosiy mezon boʻla olmaydi, balki mavjud maʼnoning qayta takrorlanishi asosdir. Nutqda takrorlanayotgan birliklarning turi (qoʻshimcha, soʻz, gap)ga qarab, P.ni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Leksik P.lar; 2. Semantik P.lar; 3. Affiksal P.lar; 4. Leksik-affiksal P.lar. 5. Sintaktik P.lar.
Agar sinonim yoki semantik jihatdan yaqin boʻlgan soʻzlar leksik birlik sifatida birikib, oʻzaro aniqlovchi — aniqlanmish munosabatida boʻlsa, ular leksik P.lar hisoblanadi: koʻppak it, tuz namak, interval oraligʻi, mayda mikroblar kabi. Bunday tavtologik xarakterdagi P.lar koʻpincha oʻzlashma soʻzning maʼnosini toʻla anglamaslik yoki hisobga olmaslik natijasida unga shu soʻzning oʻzbekcha sinonimini qoʻshish tufayli vujudga keladi. Baʼzi leksik P.larda aynan bir tushunchaning takrori mavjud boʻlsa-da, oʻzlashma soʻz semantikasida maʼno siljishi roʻy beradi: bosh-oyoq sarpo (forscha "sar-po" — bosh-oyoq), lahm goʻsht (arab. "lahm" – goʻsht).
Oʻzbek tilida semantik P. ham keng tarqalgan: oyoq bilan tepmoq, koʻz bilan koʻrmoq, qari chol, maxfiy sir kabi (tepish oyoq orqali, koʻrish koʻz orqali sodir boʻlishi; chol boʻlgach, uning qariligi, sir boʻlgandan keyin maxfiyligi aniq narsa). Mazkur misollardagi semantik ortiqchaliklar nutqda taʼsirchanlikni, taʼkidni oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.
Affiksal P.lar qoʻshimchalarning takrorlanishi natijasida vujudga keladi: kuylashaylikkuylaylik, koʻkimtirroq (-imtir va roq), singlisi (-i va -si) va boshqa leksik-affiksal P.larda oʻzak-negiz anglatgan maʼno qoʻshimcha orqali yana takror ifodalanadi. Mas, toʻqayzor, oʻrmonzor soʻzlarining oʻzagida oʻrin maʼnosi ham, jamlik maʼnosi ham anglashiladi. Kulolchi, omborxona, yotoqxona soʻzlarida ham pleonastik qoʻllanish kuzatiladi. Bunday hollarda pleonastik qoʻllanishga hojat yoʻq. Til doimo oʻta aniqlikka intilar ekan, unda ortiqchalikning yuzaga kelishi tabiiydir. Ortiqchaliklar esa koʻpincha uslubiy vazifa uchun xizmat qiladi. Tavtologiya ham P.ning bir koʻrinishi hisoblanadi.
Neʼmat Mahkamov.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.