Platon Melioranskiy

Platon Mixaylovich Melioranskiy (1868.18.11 — Sankt Peterburg — 1906.16.5) — rus sharqshunosi, turkiyshunos va moʻgʻulshunos.

Sankt-Peterburg universitetining sharq tillari fakultetida tahsil olgan (1887—91); arab, fors, moʻgʻul va turkiy tillarni yaxshi bilgan. 1894—1906-yillarda Sankt-Peterburg universitetining sharq tillari fakultetida privatdotsent, professor Melioranskiyning 2 qismdan iborat "Qozoq-qirgʻiz tilining qisqacha grammatikasi" (1894—97) asari bor. "Kosho-Soydamdagi qadimiy turkiy yodgorliklar" (V. V. Radlov bilan hamkorlikda, 1897) kitobini nashr etib, turkiyrunik yodgorliklarni oʻrganish ishiga asos solgan. Melioranskiyning ilmiy izlanishlari orasida rus tilidagi turkiy tillarga mansub unsurlarni qidirib topish va izohlashga bagʻishlangan tadqiqotlar alohida oʻrin egallaydi ("Igor jangnomasi" tilidagi turkiy elementlar", 1902; "Igor jangnomasi" tilidagi turkiy elementlar haqida", 1905 va boshqalar). U Muhammad Solihning "Shayboniynoma" dostonini, Rabgʻuziynint "Qisas ul-anbiyo" asaridan parchalarni va boshqa turkiy yozma yodgorliklarni nashr ettirgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.