Planetariy

Sankt-Peterburgdagi planetariy ichida.

Planetariy (planetasayyora) ilmiy-maʼrifiy muassasa boʻlib, unda yulduz, sayyora, kometa va boshqa osmon jismlari tasvirlangan osmon sferasi modeli, sayyoralar panoramalari namoyish etiladi. Namoyishlar astronomiya, kosmonavtika, kosmologiyadan maʼruzalar bilan kechadi.

Planetariy (lot. planeta — sayyora) — 1) astronomik hodisalar (yulduzlar osmonining koʻrinishi, osmon sfera-sining aylanishi, Quyosh va sayyoralarning koʻrinma harakati, Yer sunʼiy yoʻldoshlari harakati; Quyosh va Oy tutilishlari va boshqalar) ni maxsus ekranda koʻrsatuvchi apparat. Ekrani yarim sharni eslatuvchi gumbaz koʻrinishida boʻladi. Oylab va yillab kechadigan hodisalarni Planetariyda bir necha daqiqa mobaynida namoyish qilish mumkin. Birinchi optik planetariy 1924-yil "Karl Seys" firmasi zavodida (Germaniya) yaratilgan. XX asr 70-yillarda "Karl Seys" xalq korxonasi (GDR) Planetariyning 3 modelini ishlab chiqargan. Planetariy apparatlari AQSH (Spitz), Yaponiya (Goto) va GFR (Zeiss) va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladi; 2) astronomiya, kosmonavtika va Yer haqidagi fanlarga oid tadbirlar oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy muassasa. Planetariyda astronomiya, geodeziya, geofizika va kosmonavtikaga doir maʼruzalarni oʻqish mumkin. Birinchi P. 1925-yil Myunxenda qurilgan. Toshkentda Planetariy 1963-yil hozirgi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida qurilgan, 2003-yil planetariyning yangi binosi ishga tushirildi.[1]

Ilk planetariy 1925-yili Munxenda ochilgan. Hozir dunyoda bir necha ming planetariy mavjud.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

WPD (Worldwide Planetariums Database) Butunjahon sayyoraviy ma'lumotlar bazasi



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.