Piodermiya

Piodermiya (yun. pion — yiring va δέρμα — teri) — terining yiringli kasalligi. Teriga yiring paydo qiluvchi mikroblar — stafilokokk va streptokokklar, goho ayrim mikroorganizmlar — pnevmokokklar, koʻk yiring ta-yokchasi va boshqalarning tushishi sabab boʻladi. Baʼzan bir nechta mikroorganizm bir-galikda uchrashi ham mumkin. Tabiatda stafilokokk va streptokokklarning doimiy mavjudligi P.ning tez-tez uchrashiga olib keladi. Sanitariyagigiyena qonunqoidalarini bilmaslik yoki uni qoʻpol ravishda buzish, tur-mush va mehnat sharoitlaridagi kam-koʻst holatlar (ayrim kasb kishilarida kumir, sement va boshqa bilan terining muntazam ifloslanishi), meʼda-ichak, nerv sistemasi faoliyatining, shuningdek, moddalar almashinuvining buzilishi, intoksikatsiya va boshqa P. tarqalishiga imkon beradi. P.ning oʻtkir va surunkali, shuningdek, yuza va chuqur, streptokokkli, stafilokokkli va aralash xillari tafovut qilinadi. Stafilokokkli P.ga (stafilodermiyalar — bunda, asosan, soch follikullari va apokrin bez sohasi zararla-nadi) follikulit, chipqon, xoʻppoz, gidrodenit, sikoz va boshqa kiradi. Streptokokkli P.dan (strepto-dermiyada — teri yuzasi chakalanadi, no-zik pufakchalar paydo boʻladi, yiringlaydi; yiring tezda qurib, qora qoʻtirga aylanadi) sachratki, saramas, lab bichilishi, xasmol va boshqa uchraydi. P.ning barcha turlarini davolash deyarli bir xil. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, vitaminlar, spetsifik va nospetsifik immunobiologik terapiya hamda fizi-oterapevtik davo usullari qoʻllanadi. Yosh bolalar P.ga koʻproq moyil boʻlganligi uchun bemorlarning sogʻlom bolalar bilan yurishiga yoʻl qoʻyilmaydi. P.ning oldini olishda unga sabab boʻladigan omilni bartaraf etish muhim.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.