Pinjur
Pinjur (serbcha: pinđur / пинђур, bulg‘orcha: пинджур maked.: пинџур) — baqlajon ikrasi va xuddi shu nomdagi baqlajon qaylasi, koʻplab Bolqon davlatlarining milliy taomlaridan biri sanaladi. Asosan yozda tayyorlanadi. Bolgariya, Serbiya, Makedoniya va Bosniya va Gertsegovinada mashhur. Ayvarga oʻxshaydi, lekin qalampir emas, balki baqlajondan foydalanilishi bilan farq qiladi[1].
Retseptlar
Anʼanaviy retseptga baqlajon, pomidor, qizil va qora qalampir, piyoz, sarimsoq, oʻsimlik yogʻi, shakar va tuz kiradi. Pinjur tayyorlash uchun uzoq vaqt talab etiladi, chunki baʼzi ingredientlarni pishirish bir necha soatga choʻziladi. Odatiy tayyorlash tartibi quyidagicha[2]:
- Sabzavotlarni pechda 40-45 daqiqa davomida pishiring.
- Ularni kastryulkaga soling va sovuq suv quying, soʻngra qopqogʻini yoping va oʻrtacha olovda 20 daqiqa davomida pishiring.
- Bugʻlangan sabzavotlarni sovutib oling, poʻstlogʻini arching va qalampirdan urugʻlarini olib tashlang.
- Sabzavotlarni goʻsht maydalagichdan oʻtkazing, suyuqligi oqib tushishini kuting, pressdan oʻtkazilgan sarimsoq, oʻsimlik yogʻi, tuz, qalampir va maydanoz qoʻshing. Dasturxonga tortishdan oldin aralashtiring.
Pinjur goʻsht, kartoshka va yangi non bilan tortiladi[3].
Manbalar
- ↑ Ayvar i pindjur (Wayback Machine saytida 3-mart 2018-yil sanasida arxivlangan)(rus.)
- ↑ Pindjur (baklajannaya ikra)(rus.)
- ↑ Pindjur-makedonskiy sous k myasu, kartofelyu…(rus.)
Yana qarang
- Kyopoolu (bolgar va turk oshxonasi)
- Lutenitsa (bolgar, makedon, serb oshxonalari)
- Zakusca (Ruminiya oshxonasi)
Havolalar
- Pinjur — MacedoniaOnline (Wayback Machine saytida 3-mart 2016-yil sanasida arxivlangan)
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.