Piktogrammalar

Piktogrammalar (象形字 [xiàngxíngzì])[1] tasviriy rasmlar bilan yaratilgan iyerogliflar hisoblanadi. Hozirgi kunda ular iyerogliflarning unchalik katta bo‘lmagan qismini tashkil qiladi. Undagi muhim jihati shundaki, hodisa, o‘simlik yoki odam aniq holicha tasvirlanadi, ortiqcha detallarga to‘xtalib o‘tilmaydi.

Qadimgi „tog‘ piktogrammasi, masalan, tog‘ning umumiy ko‘rinishini, uchta narsalar bilan shartli ravishda tasvirlagan. „Daraxt piktogrammasi shoxlar, daraxtning tanasi va ildizning ko‘rinishida tasvirlangan. „Odam iyeroglifi odamning yon tomonlama turgandagi sxematiklashgan tasvirida namoyon bo‘ladi. „Olov iyeroglifining ilk ko‘rinishi „tog‘“ piktogrammasiga o‘xshash bo‘lib, ulardan birida tog‘ning cho‘qqilari ikkinchisida olov uchqunlari tasvirlangan. „Daryo河流 piktogrammasi tizilib oqayotgan suvni tasvirlagan. Qo‘l tasviri shartli bo‘lib, u barmoqalarning sonini tasvirlamagan.

Alohida iyerogliflar guruhi paydo bo‘ldi. Ular ko‘rsatuvchi yoki belgi iyerogliflari deb nomlanib, unda geometrik tuzilish yordamida u yoki bu tushunchalar beriladi. „Past va „tepa iyerogliflari predmetning gorizont chizig‘idan tepa yoki pastdagi o‘rnini ifodalaydi. „Oraliq iyeroglifi kamonning o‘rtasidagi o‘q bilan birgalikdagi tasviriga asoslangan hisoblanadi.

Shu tariqa Xitoyda predmet shakli ifodasiga asoslangan yozuvning sodda sistemasi shakllandi. Umumiy hisobda alohida belgilar ajralib chiqdi va ikki yuzga yaqin piktogramma iyerogliflari muomalada qoldi.

Yana qara

Manbalar

  1. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.

[1]

Adabiyotlar

胡朴安著. 文字学常识. – 北京,; “中华书局”, 2010. 62 页.
  1. Молоткова, Ю. В. „Методика обучения китайскому иероглифическому письму“ (2017). 2022-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2022-yil.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.