Perko

Perko — karamdoshlar oilasiga mansub bir yillik yem-xashak oʻsimligi. GFR da xitoy karami bilan kuzgi surepitsaning duragayidan chikarilgan. Oʻzbekistonga 1977-yilda keltirilgan. Ildizi oʻq ildiz, poyasi tik, uz. 90— 120 sm gacha. Pastki barglari yirik va boʻlakboʻlak, yuqoriga qarab kich-rayib boradi. Gullari poyaning yoki novdaning yuqori qismida shingil tarzda joylashgan, sariq mevasi qoʻzoqcha, urugʻlari dumaloq, koʻkimtir va mallarang tusda.

P.ni bahorgi va kuzgi ekin sifatida ekish mumkin. Ekish meʼyori 10–12 kg/ga, chuq. 1,5— 2 sm. 1 — 3° da unib chiqadi, erta bahorda harorat 15° dan yuqori boʻlganda tez oʻsadi. Uni takroriy ekin sifatida yozning 2yarmida ekib, kuzda oʻrib olinsa, yaxshi qishlaydi va kelgusi yilning aprel oyida yana oqsilga boy koʻkpoya beradi. Koʻkpoya uchun gʻunchalash va gullash fazalarida oʻrib olinadi. Koʻkpoyasida 15— 20% protein, 100 kg poyasida 11 ozuqa birligi bor. Undan sof holda va makka-joʻxori bilan birgalikda toʻyimli silos bostirish mumkin. P. chorva mollariga yangi oʻrilgan hamda pichan holida beriladi. Gektaridan 500—700 s koʻkpoya, 10—15 s urugʻ olinadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.