Perikardit
Perikardit — perdikardning yalligʻlanishi. Odamda (hamma yoshdagi kishilarda) oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir perikardit koʻpincha revmatizm, shuningdek, oʻpkaning krupoz yalligʻlanishi, gripp, angina, sepsis kabi yuqumli kasalliklar tufayli roʻy beradi (infeksion perikardit). Miokard infarqti, uremiya, koʻkrak jarohatlanganda ham perikardit paydo boʻlishi mumkin (noinfeksion perikardit). Surunkali perikardit sil kasalligi oqibatida kelib chiqadi, koʻpincha plevra va qorin pardasining bir vaqtda yalliglanishi bilan oʻtadi. Yurak xaltasida suyuklik bor-yoʻqligiga qarab P.ning quruq, ekssudatli va yopishqoq (obliterativ) shakllari farqqilinadi. Quruq perikarditda perikardda ishqalanishga oʻxshash tovush eshitiladi. Gavda temperaturasi bir oz koʻtarilib, yurakdagi ogʻriq uning atrofiga va orqaga tarqaladi. Bemor yoʻtalganda, nafas olganda ogʻriq zoʻrayadi. Ekssudativ perikardit serozli, yiringli, gemorragik boʻlishi mumkin. Bunda bemor oʻng qovurgʻasi ostida kuchli ogʻriq sezadi, nafasi qisilib, entikadi, jigari shishadi. Koʻpincha bemorning yuzi kerkib, boʻyin tomirlari kengayadi. Yopishqoq perikarditda, aksariyat, peri-karddagi suyuklik soʻrilgach, perikardning ichki va tashqi varaqlari bir-biriga yopishib qoladi. Bunda yurak orqali qon aylanishi buziladi.
Davosi: Perikarditga sabab boʻlgan asosiy kasallikka qarshi dorilar beriladi. Yiringli, ekssudatli perikarditda antibiotiklar buyuriladi. Perikardsa suyuklik koʻp boʻlsa, igna sanchib tortib olinadi. Yopishqoq perikardit operatsiya qilib davolanadi.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.