Peridotit
Peridotit — oʻta asosli intruziv togʻ jinsi. Tarkibi, asosan, olivin (40—90%), piroksen, baʼzan shox al-damchisidan iborat. P.da kremnezyom miqdori SiO2 44% dan oshmaydi. Shuningdek, ikkinchi darajali mineral sifatida magnetit, ilmenit, pirrotin, xromit, shpinel, granat va boshqa, baʼzan platina hamda ayrim nikel minerallari uchraydi. P. burmalangan mintaqalarda oʻta asosli va asosli togʻ jinslari bilan birgalikda hamda alo-hida massivlar holida uchraydi. P. yuqori mantiyaning asosiy qismini tashkil etuvchi togʻ jinsidir. Hozirgi tasavvurlarga koʻra, P.ning barcha turlari mantiyadagi oʻta asosli magmaning mahsulidir. Baʼzan P. bazalt magmasi differensiatsiyalanishining mahsuli boʻlib, gabbro massivlarining chekka fatsiyalarini tashkil qiladi. P. toʻq rangli jins, koʻpincha yashil yoki yashil kulrang boʻladi. Ayrim paytda olivin va piroksenlar kuchli serpentinlashib, P. zmeyevikka aylanadi. P.ning garsburgit (saksonit), verlit, vebsterit (lersolit) kabi turlari mavjud. P. boshqa oʻta asosli va asosli togʻ jinslari bilan birga katta masofaga choʻzilgan mintaqa va zonalar hosil qiladi. Bunday joylarda xromit, platina va silikatli nikel ru-dalari, xrizotil-asbest, talk va boshqa foydali qazilma konlari uchraydi.
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.