Pele oʻyinchi sifatida uch marta jahon chempionligini qoʻlga kiritgan dunyodagi yagona futbolchi. Toʻrtta jahon chempionati ishtirokchisi. 1970-yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi. 1958-yilgi jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi . 1973-yilJanubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi. Ikki marta jahon chempionatlarining ramziy terma jamoalari aʼzosi. Qitʼalararo kubok va Libertadores kubogining ikki karra gʻolibi, qitʼalararo chempionlar Superkubogi gʻolibi , San-Paulu shtatining oʻn karra chempioni , Rio San-Paulu turnirining toʻrt karra gʻolibi.
FIFA futbol komissiyasiga koʻra XX asrning eng yaxshi futbolchisi. Tashkilotning rasmiy saytida ovoz berish orqali Pele XX asrdagi ikkinchi eng yaxshi futbolchi. U Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra ham XX asrning eng yaxshi sportchisi hisoblanadi.
Pele Time jurnali boʻyicha dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri. U sportdagi ajoyib yutuqlari uchun Braziliya oltin medali bilan taqdirlangan. 1995-1998 yillarda Braziliya sport vaziri lavozimida ishlagan.
2022-yil 29-dekabrda uzoq davom etgan xastalikdan soʻng 82 yoshida shifoxonada vafot etdi[3].
Shaxsiy hayoti
1966-yilda Pele Rosemerie dos Reis Cholbi bilan turmush qurdi. Ular uchta farzand koʻrishdi: Kelly Christina (1967), Edson (1970) va Jennifer (1978). Pele va Rozmeri 1982-yilda ajrashgan. 1994-yilda Pele ikkinchi marta turmush qurdi. Rafiqasi Assuriya Lemos Seixas bilan 2008-yilgacha yashadi. 2008-yilda juflik ajrashdi. Ularning bu nikohdan Joshua va Selest ismli egizaklari bor. 2016-yil iyul oyida u uchinchi marta, yapon millatiga mansub 50 yoshli braziliyalik ishbilarmon ayol Marsiya Sibeli Aoki bilan tumush qurdi.
Kasallik va oʻlim
2021-yil sentabrida Pele yo‘g‘on ichakning o‘ng tomonidagi o‘simtani olib tashlash uchun operatsiya qilindi. 2022-yilning yanvarida Pele kimyoterapiya bilan davolanishi malum qilindi. 2022-yil 29-dekabrda u Braziliyaning Morumbi tumanida ogʻir va uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 82-yoshida vafot etdi. Pele vafoti munosabati bilan Braziliyada uch kunlik motam eʼlon qilindi. Futbolchi bilan xayrlashuv 2023-yil 2-yanvar kuni kunduzi " Santos " klubi — Vila Belmiro stadionida bo‘lib o‘tadi, mahalliy nashrlarning yozishicha, jasad solingan tobut maydon markaziga o‘rnatiladi. U Santos shahridagi Vertikal qabristonga dafn etiladi.
92 ta rasmiy o‘yinda 77 ta gol urgan Pele futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi [7][8].
Xalqaro rekord
Jamoa
Yil
Oʻyin
Gollar
Oʻrtacha gol
Braziliya
1957
2
2
1.00
1958
7
9
1.28
1959
9
11
1.22
1960
6
4
0.67
1961
0
0
—
1962
8
8
1.00
1963
7
7
1.00
1964
3
2
0.67
1965
8
9
1.12
1966
9
5
0.55
1967
0
0
—
1968
7
4
0.57
1969
9
7
0.77
1970
15
8
0.53
1971
2
1
0.50
Umumiy
92
77
0.84
Xulosa
Pelening gollar va o‘yinlar statistikasi manbalar orasida asosan o‘rtoqlik o‘yinlari tufayli farqlanadi. RSSSF taʼkidlashicha, Pele 851 ta rasmiy oʻyinda 778 ta gol urgan.[9] Quyidagi jadval RSSSF (2021) ning soʻnggi eʼloniga asoslangan.