Payrov

Payrov — askiya sanʼatining eng ommaviy shakli, ijro uslubi. Unda ikki guruh ijrochi kelishilgan muayyan mavzu boʻyicha soʻz toʻqib, oʻzaro tortishadi; mavzuning maʼnolari oxirigacha yechilishi va ijrochilar mavzu doirasidan tashqariga chiqmasligi talab etiladi, bir-biriga javob qaytarganlarida fikr rivoji sezilib turishi lozim. Shiddat bilan, mazmunli qochirimli javob bergan tomon yutadi, sustkashlik qilgan, mavzudan tashqariga chiqqan yoki pala-partish, qoʻpol javob qilgan tomon yutqazadi. Askiya ishqibozlarining qizgʻin qahqahasi bilan gʻolib kelgan tomon olqishlanadi. Payrov mavzulari sonsanoqsiz: inson qayoti, xulq-atvori, oʻzaro munosabatlar, tabiat va jamiyat hodisalari, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, mehnat turlari, kasb-hunar, qishloq xoʻjaligi va sanoat koʻrinishlari, taʼlim, tibbiyot, ilm-fan, sanʼat va adabiyot, bola tarbiyasi va boshqa payrov askiyachidan ham bilim, ham badihagoʻylik, ham moqir ijrochilik talab qiladi. Payrov, asosan, ogʻzaki ijod mahsuli. Tajribali askiyachilar muayyan mavzularni oldindan mashq qilib, pishitib yuradilar.

Payrov, asosan, Fargʻona vodiysi va Toshkentda XVIII asrdan tarqalgan va kundankunga rivoj topib, ommalashib bormoqda. Dehqon yuzboshi, Gʻoyib ota Toshmatov, Joʻraxon Sultanov, Gʻanijon Toshmatov, Gʻulomjon Roʻziboyev, Abdulhay Qozoqov kabi payrav va askiya ustalari tanilgan. Ularning payrovdagi tajribasi, anʼanalarini aka-uka Zaynobiddin va Madamin Yusupovlar, Joʻraxon Poʻlatov, Mamasiddiq Shirayev, Hasanboy Sultonov, Yoʻldoshxon Nosirov, Neʼmatjon Toshmatov, Mansurjon Oxunov, Muhiddin qizik Darveshov va boshqa davom ettirib keldilar. Payrov katta konsert dasturlaridan, Oʻzbekiston mustaqilligi va Navroʻz bayramiga bagʻishlangan maydon tomoshalaridan oʻrin olib, eng yaxshi namunalari radio va televideniye orqali targʻib etilmoqda.

Adabiyot

  • Muhammadiyev R., Askiya, T., 1962; Qodirov M., Tomosha sanʼati oʻtmishidan lavhalar, T., 1993.

Muhsin Qodirov.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.