Pay
Pay, singir — biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar pay yordamida suyaklarga birikadi. Payning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqoqligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. Pay shunchalik pishiqki, koʻndalang kesimining 1 mm2 10kg, chanoqni bel suyagiga biriktirib turadigan paylar 350 kg, oyoq tagidagi uzun paylar esa 200 kg gacha yuk koʻtara oladi. Bolalar payi juda nozik va egiluvchan boʻlib, yosh ulgʻaygan sari hatto suyaklanib ketadi.
Paylarning bir qismi statik xususiyalar (gavdani tik saqlash va boshqalar)ni bajarishda ishtirok etadi. Keskin harakat qilganda payda turli oʻzgarishlar roʻy beradi, unga biror shikast yetishi natijasida pay haddan tashqari choʻzilib ketganda (qarang Pay choʻzilishi), odatda, suyak toʻqimasi bilan birga uziladi. Koʻproq boldir va oyoq panjasi boʻgʻimi paylari, baʼzan tizza, tirsak boʻgʻimi paylari shikastlanadi; bunda shikastlangan boʻgʻim qattiq ogʻriydi, shishadi, harakat qiyinlashadi. Pay shikastlanganda darhol shifokorga murojaat qilish, u kelguncha boʻgʻimni bint bilan siqib bogʻlab boʻgʻimga orom berish, uni qimirlatmaslik kerak[1].
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.