Patrick Brachner

Patrick Brachner
Shaxsiy ma'lumotlar
Tug'ilishi 1992-yil 7-yanvar (1992-01-07) (34 yosh)
Avstriya
Sport
Davlat Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Sport togʻ changʻi sporti

Patrik Brachner (ozarbayjoncha: Patrik Brachner, olmoncha: Patrick Brachner ; 1992-yil 7-yanvarda, Kematen an der Ybbs, Quyi Avstriya) – kelib chiqishi Avstriyadan boʻlgan ozarbayjonlik togʻ changʻichisi. 2014-yilgi va 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Ozarbayjon sharafini himoya qilgan.

Tarjimayi holi

Patrik Brachner 1992-yil 7-yanvarda Avstriyada tugʻilgan[1][2]. Avstriyaning Alp togʻlarida ulgʻaygan va shu yerda changʻida uchishni oʻrgangan. 12 yoshidan boshlab togʻ changʻisi musobaqalarida qatnasha boshlagan va bir necha yil ichida Avstriyadagi bir qator yoshlar musobaqalarida gʻolib boʻlishga muvaffaq boʻlgan[3]. 2007-yilda Avstriya nomidan debyut qilgan va 2010-yil iyul oyigacha ushbu mamlakat sharafini himoya qilgan[1].

2010-yil iyul oyidan boshlab Patrik Brachner Ozarbayjon terma jamoasi safida chiqish qila boshlaydi. 18 yoshida Xorvatiyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan Jahon kubogi bosqichida ishtirok etadi[3]. 2011-yil mart oyida Brachner chap toʻpigʻidan jarohat olib, toʻrt oy davomida musobaqalarda qatnasha olmagan[1].

2012-yil fevral oyining boshida Avstriyada oʻtkazilgan slalom musobaqasida Brachner ikki avstriyalik sportchidan ortda qolib 1:39,19 natija bilan 3-oʻrinni egallagan. Shu yilning fevral oyining oxirida Polshada boʻlib oʻtgan slalom musobaqalarida esa Patrik Brachner ikki marta kumush medal sohibi boʻladi[4].

2012-yil mart oyida Patrik Brachner Chexiyada oʻtkazilgan gigant slalom musobaqalarida gʻolib chiqdi. Bu Ozarbayjon togʻ changʻisi sporti tarixidagi ilk gʻalaba boʻldi, chunki bungacha mamlakat vakillari nafaqat oltin medalni, balki umuman sovrinli oʻrinlarni ham qoʻlga kirita olmagan edi[5]. Xuddi shu musobaqalar doirasida Chexiyada oʻtkazilgan slalomda Brachner 9-oʻrinni egalladi[4].

2013-yil fevral oyida Avstriyaning Schladming shahrida boʻlib oʻtgan 42-jahon chempionatida ishtirok etib, slalom bahslarida 37-oʻrinni egalladi. Natijada Ozarbayjon 2014-yil Sochida boʻlib oʻtadigan Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun ilk litsenziyani qoʻlga kiritadi[5].

Oʻsha yilning aprel oyida Brachner Bolgariyaning Bansko shahrida oʻtkazilgan togʻ changʻisi boʻyicha ochiq Bolgariya chempionatida 4-oʻrinni egallagan. Bu mazkur turnirdagi ozarbayjonlik togʻ changʻichilar orasidagi eng yaxshi natija boʻladi[6].

2013-yil oktyabr oyida Patrik Brachner changʻida uchish paytida tizzasidan jarohat oldi, bu esa uning Sochi-2014 Qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarligiga salbiy taʼsir koʻrsatdi[1].

Patrik Brachner Vena universitetini tamomlagan, mutaxassisligi – fuqaro muhandisligi[1].

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Профиль Патрика Брахнера на официальном сайте Олимпийских игр 2014“. 2014-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.
  2. Ханым Джавадова. От Азербайджана в Сочи поедут одни иностранцы // Азербайджанская служба Би-би-си. — 16 января 2014.
  3. 3,0 3,1 Patrick Brachner(ingl.) // bornskier.com. Архивировано 21 fevral 2014 года.
  4. 4,0 4,1 Эльмир Алиев. Первая победа Азербайджана в горнолыжном спорте // 1news.az. — 13 марта 2012.
  5. 5,0 5,1 Европейские СМИ пишут об азербайджанском горнолыжнике // news.day.az. — 8 марта 2013.
  6. Закария Т. Азербайджан получил третью лицензию на сочинскую Олимпиаду // Эхо : газета. — 9 апреля 2013.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.