Pasport

Pasport (fransuzcha: passeport — portga kirish ruxsatnomasi) — ayrim davlatlarda fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining P.i — Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini tasdiqdovchi asosiy hujjatdir. Oʻzbekiston Respublikasi da P. berish va undan foydalanish, qayd etish, roʻyxatdan chiqarish tartibi, shuningdek, P. tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan „Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisida“gi nizom bilan belgilanadi. Mazkur Nizomga binoan, Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlgan barcha fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi fukarosi P.iga ega boʻlishlari shart. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hujjatlar asosida yashaydilar. P. xorijga joʻnab ketish chogʻida ham amal qiladi. Xorijga joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. „Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻri-sida“gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (1992-yil 2-iyul)ga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i „Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida“gi qonun kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida do-imiy yashab turgan shaxslarga, „Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida“gi qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga ham beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.ini Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi. Oʻzbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek, qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i butun Oʻzbekiston Respublikasida yagona namunada oʻzbek, rus va ingliz tillarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun esa, qoraqalpoq, uzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanadi va 32 betdan iborat boʻladi. P.ga uzbek, rus va ingliz tillarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — qoraqalpoq tilida ham) fuqaroning shaxsi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar yoziladi: familiyasi, ismi, otasining ismi; tugʻilgan yili, kuni, oyi; tugʻilgan joyi; millati; jinsi, shaxs uxshashligini aniqdash raqami. P.da uning egasining imzosi, P. bergan masʼul shaxs imzosi bulishi, shuningdek, P. berilgan vaqt va amal qilish muddati koʻrsatilishi lozim. Shuningdek, P.ga: balogʻatga yetmagan bolalarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, kuni, oyi; har-biy xizmatga munosabati toʻgʻrisidagi; nikoxdan utish va nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi; pasport egasining yashaydigan va doimiy qayd etilgan joyi haqidagi; vaqtincha qayd etilgani toʻgʻri-sidagi; chet elga chiqish uchun ruxsatnoma haqidagi; xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar haqidagi maʼlumotlar yoziladi. Fuqarolar 25 yoshga va 45 yoshga toʻlganda ichki ishlar organlari ularga yangi P. beradi. 45 yoshga toʻlgan fuqarolar P.ining amal qilish muddati cheklanmaydi. P. tizimi qoidalari bajarilishini ichki ishlar organlari va ma-halliy hokimiyat organlari nazorat qiladilar. Fuqarolar: P.siz, yoki haqiqiy boʻlmagan P. bilan qayd ettirmay yashaganlik uchun, P.ni ataylab yaroqsiz holga keltirganlik hamda P.lardan gʻarazli maqsadlarda foydalanganlik, P.ni avaylab saqlamay uni yuqotganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi krnunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

Manbalar



Khusanova Dilrabo

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.