Parket
Parket (frans. parquet) — turar joy va jamoat binolari pollariga qoplash uchun moʻljallangan yupqa taxtacha yoki shunday taxtachalardan qilingan pol. Taxtachalar har xil geometrik shakllarda teriladi (qoqiladi). P. pol kurkam chiqadi, tovush va issiklikni uncha oʻtkazmaydi. Qattiq jinsli yogʻoch (zarang, eman, qayin, yongʻoq, qora qayin va boshqalar) dan tayyorlanadi. Yigma, shitli va listli xillari bor. Yigʻma P. uzunligi 150–500 mm, eni 35 –90 mm va qalinligi 12–20 mm li toʻgʻri toʻrtburchak planka taxtachalardan ibo-rat. Har bir taxtacha chetlariga ariqchalar qilinadi. Taxtacha qoplashda oldin polga siyrakroq qilib taxtalar qoqilib, ustiga karton yoki qogʻoz toʻshaladi. Taxtachani shu toʻshama ustiga qoʻyib, yonidagi ariqchasiga qiyalatib mix qoqiladi, ariqchaga tirnoq (en-siz yupqa taxtacha) tiqiladi, tirnoqning ariqchadan chiqib qolgan qismini navbatdagi taxtacha ariqchasiga ki-ritib, shu taxtachaning narigi chetidagi ariqchasiga mix qoqiladi. Taxtachalar birin-ketin shu tarzda mahkamlab ke-tilaveradi. Taxtachalarni har xil naqsh hosil boʻladigan qilib krqish mumkin. Shitli P. 5x1,5 m gacha oʻlchamli shit tarzida tayyorlanadi. Shitlar siyrak qoqilgan taxtalar ustiga mix bilan mah-kamlanadi, shitlar orasida hosil boʻlgan tirqishga yupqa taxtachalar ti-qib yopishtiriladi. L istl i P. qattiq yogʻoch-tolali plitalar ustiga yupqa (4– 6 mm li) taxtachalar yopishtirib tayyorlanadi. Agar P.-pol beton ustiga qoplanadigan boʻlsa, pol ustiga oldin rey-kalar qoʻyib, ularning ustiga siyrak qilib taxtalar qoqiladi. P. -taxtachalar ana shu taxtalar ustiga qoplanadi. P.ni randalaydigan, pardozlaydigan maxsus mashinalar bor. Pardozlangan P. polga lok surkaladi. P.ni yuvib boʻlmaydi, nam qipiq, nam latta bilan artiladi, odatda, har oyda bir marta maxsus. P. mastikasi bilan (movut latta yoki chutka yordamida) pardozlab turiladi.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.