Parametrit

Parametrit (paro... va yun. metra — bachadon) — bachadon atrofidagi yogʻ toʻqimasi (kletchatka)ning yalligʻlanishi. Yiring xreil qiluvchi mikroblar (asosan, streptokokk, stafilokokk, ichak tayoqchasi) qoʻzgʻatadi. P.ga kupincha nojoʻya qilingan abort, tugʻruqning noraso kechishi tufayli jinsiy aʼzolarning zararlanishi, baʼzan qovuq hamda ichaklarning surunkali kasalliklari va boshqa sabab boʻladi. P.ningoʻtkir va surunkali shakli farq qilinadi. P.da gavda harorati koʻtariladi, et uvishib, qorin pasti ogʻriydi, bemor darmonsizlanadi. Qin orqali tekshirib infiltrat paydo boʻlganligini aniklash mumkin. Baʼzan infiltrat yiringlasa, yiring qovuqqa, toʻgʻri ichak yoki qorin boʻshligʻiga teshib utishi ham mumkin. Shuning uchun oʻtkir P.da darhol vrachga murojaat etish kerak, aks holda yiringli P. paydo boʻlib, yiring qoʻshni aʼzo va toʻqimalarga, hatto qonga oʻtishi mumkin.

P.ning oldini olish uchun asosiy abort, ayniqsa, yashirin abortdan sak,lanish, homiladorlikni toʻxtatish za-rur boʻlsa, faqat statsionar sharoitda amalga oshirish lozim. P.ning oʻtkir shaklida bemor oʻrinda yotishi tavsiya etiladi, antibiotiklar, yalligʻlanishga qarshi dorilar buyuriladi; surun-kalisida fizioterapevtik muolajalar, kurortlarda davolanish maqsadga muvofiq; yiringlash hollarida xirurgik usul qoʻllanadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.