Paradoks

Paradoks (qadimgi yunoncha: παράδοξος — „kutilmagan“, „gʻalati“) — koʻpchilik tomonidan qabul etilgan anʼanaviy fikr, tajribaga oʻz mazmuni yoki shakli bilan keskin zid boʻlgan, kutilmagan mulohaza, muhokama. Har qanday paradoks „shubhasiz toʻgʻri“ (asoslimi, asossizmi, bundan qatʼiy nazar) hisoblangan u yoki bu fikrni inkor etishdek koʻrinadi. „paradoks“ oʻzi ham dastlab antik falsafada har qanday gʻalati, original fikrni ifodalash uchun ishlatilgan.

Mantiqda paradokslar formal mantiq, qoidalariga rioya qilib fikr yuritishda baʼzan yuzaga keladi. Mantiqda paradokslarni haqiqatdan chekinish, deb bilish oʻrinlidir. Shuning uchun antinomiya, aporiya, ziddiyat paradoksning sinonimlari deb hisoblash mumkin. Paradoks bir-birini istisno qiluvchi ikki fikrni bab-baravar isbot qilish mumkinligini bildiradi. Mantiqiy paradokslar, odatda, mantiqiy asoslari toʻla aniqlanmagan nazariyalarda uchraydi.

Ilmiy muhokamada paradoks paydo boʻlishining asosiy sababi inson bilish jarayonining murakkab dialektik fe’l-atvorga egaligi va bunda shakl va mazmunning oʻzaro ziddiyatli munosabatda boʻlishidadir. Paradokslarni bartaraf etishning universal yoʻli yoʻq. Mantiq va matematikada ayrim paradokslarni bartaraf qilish usullari ishlab chiqilgan[1].

Yana qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.