Paduya
Paduya — Italiyaning shimoliy qismidagi shahar. Paduya viloyatining maʼmuriy markazi. 2001-yil shahar aholisi 203,3 ming kishini tashkil qilgan. Transport yoʻllarining muhim tuguni, kema qatnaydigan kanal orqali Adriatika dengizi bilan bogʻlangan. Mashinasozlikning turli sohalari, kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Shaharda Galiley ishlagan universitet (1222), botanika bogʻi va muzeylar bor. Shahar miloddan avvalgi IV asrdan maʼlum. Uygʻonish davrida Paduyada rassomlik sanʼati nihoyatda yuksalgan. 1866-yilda Italiya qirolligiga qoʻshilgunga qadar turli davlatlar tarkibida boʻlgan. XII—XV asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar (cherkov va saroylar) saqlangan. Paduyada har yili xalqaro yarmarkalar oʻtkaziladi[1].
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Italiya geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.