PROTOZOA
Protozoa-sodda hayvonlar tipi hisoblanadi. Sodda hayvonlar nihoyatda mayda, mikroskop yordamida arang koʻrinadigan bir hujayrali boʻlib, hozirgi vaqtda ularning 30000 dan ortiq turi maʼlum. Ulaming koʻpchiligi dengiz va chuchuk suvlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Sodda hayvonlar tipi toʻrtta mustaqil sinfga ajratilgan. Ular orasida parazit turlari ham keng tarqalganligini misol keltirishimiz mumkin. Parazit turlarining soni bir necha mingdan iborat boʻlib, ular odam va hayvonlarda ogʻir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun sodda hayvonlarni har tomonlama oʻrganish zoologlardan tashqari, tibbiyot va veterinariya mutaxassislarining ham asosiy obyekti boʻlib hisoblanadi. Parazit sodda hayvonlar morfoanatomik tuzilishlari, rivojlanish sikli, shuningdek, xilma-xil organizmlarda yashashga moslashganligi bilan ham bir-biridan tubdan farqlanadi. Demak, bu parazit sodda hayvonlarning evolutsion taraqqiyoti jarayonida turli geologik davrlarda paydo boʻlganligini bildiradi.[1]
Protozoaning tuzilishi
Sodda hayvonlarning tanasi protoplazma va yadrodan tashkil topgan bitta hujayradan iborat. Shuning uchun ular koʻpincha bir hujayrali hayvonlar deb ataladi. Aynan shu bitta hujayra koʻp hujayrali hayvonlar organizmiga xos boʻlgan barcha funksiyalami bajaradi. Koʻpgina sodda hayvonlarning tanasi tashqi tomondan yupqa elastik qobiq – pellikula bilan qoplangan. Protoplazma tiniq va bir xil tuzilishli ektoplazma hamda yarim quyuq donali endoplazmadan iborat. Hayot faoliyatining asosiy qismi endoplazmada kechadi. Chunki endoplazmada Golji apparati, endoplazmatik toʻr, mitoxondriya, ribosoma, lizosoma va shunga oʻxshash muhim organoidlar joylashgan. Bundan tashqari, endoplazmada ovqat hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalar hamda shunga oʻxshash organellalar bor. Sodda hayvonlar bir, ikki va koʻp yadroli boʻladi. Yadro ularning hayot faoliyati jarayonlarini boshqaradi va koʻpayishda hamda irsiy xossalarni nasldan naslga oʻtkazishda muhim rol oʻynaydi. Sodda hayvonlar psevdopodiyalari (soxta oyoqlar), xivchinlari va kiprikchalari yordamida harakat qiladi. Koʻpayishi jinssiz va jinsiy yoʻl bilan sodir boʻladi.[2]
Protozoalarning tarqalishi
Erkin yashovchi protozoa keng tarqalgan boʻlib, koʻpincha chuchuk, shoʻr suvlarda, shuningdek, tuproq va mox kabi boshqa nam muhitda koʻp tarqalgan. Baʼzi turlar issiq buloqlar va gipershoʻr koʻllar va lagunalar kabi ekstremal muhitda oʻsadi. Barcha protozoa nam yashash muhitini talab qiladi; ammo baʼzilari quruq muhitda uzoq vaqt davomida sistalar hosil qilib, sharoit yaxshilanmaguncha yashab qolish imkonini beradi.
Klasssifikatsiyasi
Sodda hayvonlar (protozoa)ni 4 sinfga boʻlinadi
- Xivchinlilar – Hagellata[sayt ishlamaydi];
- Sarkodalilar – Sarcodina;
- Infuzoriyalar —Infusoria;
- Sporalilar – Sporozoa;[3]
Manbalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.