Oʻzbeknavo
| Xizmatlari | estrada nazorati |
|---|---|
| Joylashuvi | Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 2-uy (Turkiston konsert saroyi) |
| Vebsayti | www.uzbeknavo.uz |
"OʻZBEKNAVO", "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi — respublikada estrada sanʼati sohasida faoliyat yurituvchi tashkilot. 1996-yil OʻzR Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida Oʻzbek davlat estrada birlashmasi hamda Oʻzbek davlat filarmoniyasi negizida "Oʻzbeknavo" gastrol konsert birlashmasi nomi bilan tashkil etilgan. 2001-yildan hozirgi nomda. Asosiy vazifasi Oʻzbekiston estrada sanʼatini rivojlantirish, estrada jamoalari, yakka ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish va takomillashtirish, ularning ijodii, iqtisodii, huquqii manfaatlarini himoya qilish, respublika hududida va uning tashqarisida gastrolkonsert faoliyatini amalga oshirish, yakka ijrochilar va estrada guruhlarining faoliyat yuritishi uchun litsenziyalar berish, estrada sohasida axborot maʼlumotlar bazasini yaratish, monitoring oʻtkazish va boshqalar "Oʻ." respublikada oʻtkaziladigan milliy bayramlar, yubiley tantanalari va boshqalar rasmiy davlat tadbirlariga masʼul boʻlib, ular uchun maxsus shoudasturlar, tomosha, konsertlarni tayyorlaydi. Yosh iqtidorli sanʼatkorlarni ragʻbatlantirish maqsadida Maʼmurjon Uzoqov va Joʻraxon Sultonov nomidagi (Margʻilon), Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi (Samarqand), Komiljon Otaniyozov nomidagi (Xorazm), F. Mamadaliyev va O.Yusupov nomidagi (Andijon) anʼanaviy xonandalik tanlovi, "Asrlar navosi" koʻhna milliy sozlar ijrochilari (Buxoro), "Yangi taronalar" hamda "Aziz ona yurtim navolari" milliy estradamusiqa tanlovlari va boshqalarni oʻtkazadi. "Oʻ." birlashmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda barcha viloyatlarda boʻlimlari mavjud.
Yoʻldosh Norboʻtayev.
Oʻzbeknavo estrada birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi organi boʻlib, mamlakat milliy estradasini nazorat qiladi. Organ nizomida Oʻzbeknavo respublikada estrada madaniyatini yuksaltirish, estrada sanʼati namoyandalarining ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, estrada sahnalaridan foydalanishni yaxshilash, madaniy, ishlab chiqarish, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun kuch va mablagʻlarni birlashtirish maqsadida tashkil etilgani koʻrsatilgan.[1]
Manbalar
- ↑ „"Ўзбекнаво" эстрада бирлашмасининг НИЗОМИ“ (oʻzbekcha). Oʻzbeknavo. Qaraldi: 2-mart.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
- Rasmiy sayti[sayt ishlamaydi]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.