Osiy
Osiy (arab. — isyon qiluvchi, itoatsiz, gunohkor) — diniy aqidaga koʻra, Allohning buyruqlari, paygʻambarning sunnat va koʻrsatmalariga rioya qilmaydigan, buyurilgan vazifalarni bajarish oʻrniga ularni butunlay yoki qisman inkor etadigan, sharʼan taqiqlangan ishlarni qiladigan shaxs. Osiy bandalarning taqdiri Allohga havola etiladi. Ahl as-sunna val-jamoa aqidasiga koʻra, osiy banda agar kufr yoki shirkka ketmagan boʻlsa, har qancha katta-kichik gunohlariga qaramay musulmon moʻmin sanaladi, yaʼni kofir boʻlib qolmaydi, balki gunohkor hisoblanadi. Boshqa baʼzi diniy oqimlarga koʻra, osiy banda kufrga mahkumdir. Osiyning qilgan baʼzi gunohlari uchun bu dunyoda sharʼiy jazo belgilangan. Misol uchun, islom mamlakatlarida, araq ichganga darra uriladi. Osiyning qilgan har bir gunohi uchun u dunyoda alohida jazolar belgilangan. Osiy oʻz gunohlariga chin dildan tavba qilib, ularni qayta takrorlamasa, kechirilishi taʼkidlangan[1].
Manbalar
- ↑
„Osiy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (O-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.