Onega
Onega, Onego — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining shimoliy-gʻarbidagi koʻl. Rossiya Federatsiyasining Kareliya Respublikasi, Leningrad va Vologda viloyatlarida. Maydoni - 9,7 ming km² (orollarsiz). Oʻrtacha chuqurligi 30 m, eng chuqur joyi 127 m, suv hajmi 292 km3. Koʻl oʻrni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan va keyinchalik toʻrtlamchi davr materik muzliklari taʼsirida ancha oʻzgargan. Shimoliy va shimoli-gʻarbiy qirgʻoqlari baland, oʻydim-chuqur, qoyali, janubiy qirgʻoqlari esa, past va yassi. Onegada 1360 dan ortiq orol bor (maydoni 250 km²). Koʻlga 58 daryo quyilib undan Svir daryosi oqib chiqadi. Suvi noyabrda muzlab, mayda eriydi. 47 baliq turi bor. Baliqchilik rivojlangan. Onega Oqdengiz—Boltiqkanali orqali Boltiq va Oq dengizlari, Volga—Boltiq suv yoʻli orqali Volga havzasi bilan bogʻlangan. Kema qatnaydi. O.dagi Kiji orolida yogʻochdan ishlangan meʼmorlik muzey-qoʻriqxonasi bor. O. boʻyida Petrozavodsk, Kondopoga shaharlari joylashgan[1].
Manbalar

| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.