Olxoʻri

Olxoʻri, olu (Prunus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub danakli meva daraxti yoki buta. 30 dan ortiq turi maʼlum. Eng koʻp tarqalgan turi oddiy olxoʻri boʻlib, togʻolcha bilan yovvoyi olxoʻri (tern)ning tabiiy chatishishidan kelib chiqqan deb taxmin kilinadi. Vatani — Kichik Osiyo, Kavkaz, Shimoliy Eron Oʻzbekistonga Eron orqali keltirilgan. Hozir Oʻrta Osiyoda dastlab keltirilgan oq olu, sariq olu, qora olu va ulardan kelib chiqqan navlar tarqalgan. Olxoʻri joy tanlamaydi. 2000 ga yaqin (Oʻzbekistonda 200 dan ortiq) navi bor. Oʻzbekistonda ekilish maydoni jihatidan danakli meva daraxtlari orasida oʻrikdan keyin turadi. Barglari ketma-ket, gullari yakka yoki 2—3 tadan oʻrnashgan, oq yoki koʻkish.
Olxoʻri mevasi dumaloq, tuxumsimon, choʻzinchoq, 60—100 g, sariq, yashil, qizil, koʻkimtir-qora; mumgʻubor bilan qoplangan. Tarkibida 14—21% qand, 0,5—1,2% kislota, azotli moddalar va vitaminlar mavjud. Yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva qilinadi, shar-batli ichimliklar, jem, murabbo, qiyom va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
Olxoʻri ,asosan, payvandlab hamda ildiz bachkisidan koʻpaytiriladi. Olxoʻri uchun eng yaxshi payvandtag togʻolcha. Koʻchati oʻtqazilgach, 4—6-yili hosilga kiradi. Oʻzbekistonda mart-aprelda gullaydi, mevasi iyunning ikkinchi yarmidan sentabr oxirigacha pishadi. 20—25 yil yaxshi hosil beradi (daraxti 30–50 kg, ayrimlari 100 kg gacha); sovuqqa chidamli. Parvarishi danakli meva daraxtlarinikiga oʻxshash. Oʻzbekistonda Vengerka, Berton, Ispolin olxoʻrisi, Samarqand qora olusi, Vashington va boshqa navlari ekiladi.
Zararkunandalari: olxoʻri qurti, olma qurti.
Kasalliklari: klyasterosporioz va boshqa
Adabiyot
- Pomologiya Uzbekistana, T., 1983;
- Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., Ozbekistan mevaçiligi, T., 1967.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.