Olcha

Olcha (Cerasus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar turkumi, mevali daraxt, 150 ga yaqin turi bor. Asosan Osiyoda, shu jumladan, Oʻrta Osiyo va Kavkazda 25 ga yaqin turi o'sadi. Madaniy turlaridan oddiy olcha (C.vulgaris) keng tarqalgan. Juda qadimdan Markaziy va Janubiy Yevropada, Afrika, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada ekiladi. Oʻzbekistonda olchaning mahaleb olchasi yoki kamxastak (C.mahaleb), qizilmevali olcha yoki chiya (toshchiya) (S. erythrocarpa Neski.) yovvoyi turlari adir va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi. Oddiy olcha daraxtining boʻyi 6-7 metr, sovuqqa, qurgʻoqchilikka chidamli, unumdor tuproqlarda yaxshi oʻsadi va moʻl hosil beradi, 30—40 yil (baʼzan 100 yilgacha) yashaydi. Mevasi mayda, dumaloq, danakli, suvli, nordon, och qizildan toʻq qizilgacha olcha meva bandining uzunligi bilan boshqa danakli mevalardan farq qiladi. Tarkibida 7,3—14,5% qand, 0,8—2,4% organik kislotalar, 0,15—0,88% oshlovchi moddalar, C, B2, B9 vitaminlar va boshqa mavjud. Yangiligida yeyiladi, konservalar, murabbo, jem, vino, qandolat mahsulotlari tayyorlanadi. Hosildorligi 100 s/ga. Mevasi may—iyunda pishib yetiladi. Olcha danagidan, iddiz bachkisidan hamda payvandlab koʻpaytiriladi. Ekilgandan soʻng 3—4-yili hosilga kiradi, 6—7-yili yaxshi hosil beradi. Olchaga qisqa tanali qilib, siyrak pogʻonali shakl beriladi. Oʻzbekistonda olmaning Griot, Lyubskaya 15, Podbelskaya, Samarqand, Turgenevka, Qora shpanka navlari ekiladi (2003). Zararkunandalari: olcha arra-kashi, olcha uzunburuni, bitlar, olcha pashshasi va boshqa Kasalliklari: meva chirishi, klyasterosporioz, kokkomikoz, sitosporoz va boshqa[1][2][3].

Manbalar

  1. „Olcha“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (O-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  2. Leyn A. N., Olcha va gilos, T., 1962; Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., Oʻzbekiston mevachiligi, T., 1967.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.