Okop

Okop (ruscha, okop — xandaq, chuqur) — harbiy ishda jonli kuchlar va jangovar texnikani dushman oʻqidan pana qiladigan, jangovar marra (pozitsiya) vazifasini o'taydigan harbiy muhandislik inshooti. Bobur va Shayboniyxon qoʻshinlarida Okop "moʻljar" istilohi bilan ataladi. Toʻfang va miltiqning paydo boʻlishi (XVI asr 1-yarmi) natijasida Okopga ehtiyoj sezildi. Okopning keyingi taraqqiyoti oʻyiq stvolli qurollarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq(XIX asr 2-yarmi). Odatda, Okop bir kishi, boʻlim, pulemyot, minomyot, toʻp, tank va boshqa uchun moʻljallangan boʻladi. Bir kishilik Okop yotgan odam koʻrinmaydigan darajadagi oʻlchamda (110—150 sm chuqurlik, 150—170 sm uzunlikda) kaziladi. Bir kishilik Okop oʻzaro birlashtirilib, boʻlinma uchun okop hosil qilinadi. Boʻlim Okoplari atrofi tuproq bilan shibbalangan chukurlik (transheya), 1—2 kishiga moʻljallangan oʻq otish joylari, qoʻl pulemyoti uchun maydoncha, shaxsiy tarkib uchun oddiyroq pana joy, oʻq-dorilar qoʻyiladigan tokchalardan iborat boʻladi. Minomyot, toʻp, tank va boshqa uchun qurilgan Okopda oʻt ochish maydonchasi, ekipaj (raschyot) uchun pana joy, jangovar texnikaning Okopga kirishi va chiqishi uchun yoʻlak hamda brustver (tuproq, koʻtarma) boʻladi. Okopbarcha turdagi jangovar harakatlarda, ayniqsa, mudofaada keng kullaniladi. Okopsinguvchi radiatsiyani ancha qaytaradi, zarb toʻlqinini va yorugʻlik nurining shikastlash doirasini kamaytiradi. Okopni qoʻshinlar oʻz kuchi va maxsus Okop kavlash mashinalari bilan kaziydi. Okopning devorlari chim, taxta, shox-shabba va boshqa narsalar bilan mahkamlanadi. Transheya va aloqa yoʻllarining himoya quvvatini oshirish uchun baʼzan ularning usti yopiladi. Togʻli joylarda Okop tosh va harsanglardan terib hosil qilinadi. Yer portlatilib, chukurlik ochiladi. Mustahkam boʻlishi uchun toshlar orasiga tuproq, baʼzan kum solingan qoplar joylashtiriladi. Barcha xildagi Okopjoyning tabiiy koʻrinishiga moslab niqoblanadi. Ommaviy qirgʻin kurollari, kimyoviy, biologik (bakteriologik) kurollar mavjud boʻlgan hozirgi sharoitda Okop oʻz ahamiyatini ancha yoʻqotdi, lekin hozir ham sharoit taqozosi bilan Okopdan foydalaniladi.[1]

Yana q.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.