Odil Yoqubov
| Odil Yoqubov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
20-oktyabr 1926-yil |
| Vafoti |
21-dekabr 2009-yil (83 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
| Mukofotlari |
|
Odil Yoqubov (1926-yil 20-oktabr, Qarnoq qishlogʻi, Janubiy Qozogʻiston — 2009-yil 21-dekabr, Toshkent) – oʻzbek sovet yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi.
1951–1956-yillar mobaynida Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Milliy universitet)da taʼlim olgan.
„Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955–1959), „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekistondagi maxsus muxbiri (1959–1963; 1967–1970), „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi va Oʻzbekiston davlat kinematografiya qoʻmitasida bosh muharrir (1963–1967), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari (1970–1982), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri (1982–1987), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1987–1991), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisi va ayni vaqtda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. 2009-yil 21-dekabrda Toshkentda vafot etgan. Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan[1].
Ijodi
Odil Yoqubovning „Er boshiga ish tushsa…“, „Ulugʻbek xazinasi“, „Diyonat“, „Koʻhna dunyo“, „Oq qushlar, oppoq qushlar“, „Adolat manzili“ asarlari oʻzbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin boʻldi. Yoqubov qalamiga mansub „Chin muhabbat“, „Olma gullaganda“, „Yurak yonmogʻi kerak“, „Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim“, „Fotihi Muzaffar yoxud bir parivash asiri“, „Bir koshona sirlari“ kabi dramalar oʻzbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga bagʻishlangan adabiy portret va maqolalari bor. Asarlari chet tillarga, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Odil Yoqubov mohir tarjimon, munaqqid, publitsist sifadida ham nom qozongan. Yoqubov ijodi haqida adabiyotshunoslar Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan, Umarali Normatov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari qilishgan[2].
Mukofotlari
1946-yilda „Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali berilgan.
1976-yilda Mehnat Qizil Bayroq ordeni berilgan.
1977-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti berilgan.
1985-yilda Vatan urushi 2-darajali ordeni berilgan.
1985-yilda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
1986-yilda Mehnat Qizil Bayroq ordeni berilgan.
1994-yilda Doʻstlik ordeni berilgan[3].
1998-yilda El-yurt hurmati ordeni berilgan[4].
2026-yil 28-mayda Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan[5].
Asarlari
- O. Yoqubov. Saylanma (3 tomlik). Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985-1987.
- O. Yoqubov. Diyonat. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978.
Adabiyotlar
- Xudoyberganov N. Parvoz davom etadi. Toshkent, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980.
- Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000.
- Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999.
Manbalar
- ↑ „Как выглядят "престижные кладбища" Центральной Азии. Фоторепортаж“. 2022-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1994 года № УП-939 «О награждении в связи с 3-й годовщиной провозглашения независимости Республики Узбекистан
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2074 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просветительства, средств массовой информации и социальной сферы
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-maydagi „Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida“gi farmoni“. president.uz (2026-yil 28-may). 2026-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-may.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.