Obid Sodiqov
| Obid Sodiqov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
15-noyabr 1913-yil |
| Vafoti |
21-iyul 1987-yil (73 yoshda) Toshkent |
| Fuqaroligi | SSSR |
| Mukofotlari |
|
Obid Sodiqovich Sodiqov (1913.15.11 — Toshkent — 1987.21.7) — kimyogar olim, jamoat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). S. sobiq SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1972). Mehnat Qahramoni (1973). Kimyo fanlari doktori (1946), professor (1947). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1937), shu universitetda dotsent (1942—46), Oʻsimlik moddalari (keyinchalik tabiiy birikmalar) kimyosi kafedrasida mudir (1946—74), ilmiy rahbar (1974-yildan). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti direktori (194650). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1947-57). Toshkent Davlat Universiteti rektori (195866). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenta (196684). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo boʻlimi rahbari (1973—77), Bioorganik kimyo instituti direktori (1977—87). Asosiy ilmiy ishlari organik va bioorganik kimyoga oid. S. Oʻrta Osiyodagi oʻsimliklarni tekshirib, 100 dan ortiq dipiridil, xinolizidin, izoxinolin katori alkaloidlarini ajratib o.vdi, ularning tuzilishi, konformatsion holati va biogenetik oʻzgarishlarini anikdadi. S. rahbarligida gʻoʻza bargi, chigiti, qobigi, guli va gʻoʻzapoyadan uglevodorodlar, yuqori molekulali spirtlar, kislotalar, sterinlar, triterpenlar, flavonoidlar, polifenollar, gossipol va uning yoʻddoshlari, uglevodlar, shuningdek, A, Ye, R, Gʻ kabi vitaminlar ajratib olindi; koʻpgina preparatlar (anabazingidroxlorid, gossipol, gossipol linimenti, megosin malhami, batriden tabletkasi, gozanidon tabletkasi va boshqalar)ni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiddi. S. tashkil qilgan maktabda gʻoʻzani vilt bilan kasallanishlan himoya qilishning kimyoviy va biologik usullari ishlab chiqildi; muhim yoʻnalish — vilt qoʻzgʻatuvchi toksinlar kimyosi va biokimyosi sohasida tadqiqotlar oʻtkazildi. Gʻoʻza bargidan limon va olma kislotalari ajratib olishning sanoat usuli ishlab chiqildi (1956), shakar ishlab chiqarish chiqindisi (patika)dan mikrobiologiya usuli bilan itakon kislota olindi, dorivor moddalar, biostimulyatorlar sintez qilindi, hayot uchun muhim boʻlgan fiziologik faol tabiiy birikmalar va ularning sintetik analoglari tuzilishi bilan organizmdagi funksiyasi oʻrtasidagi bogʻlanish chuqur oʻrganildi, eukariotlar toʻqimalari genomining kooperativ aktivatsion modeli taklif etildi. S. darslik ("Organik ximiya", hamkorlikda, T., 1971; "Organik ximiyadan praktikum", hamkorlikda, T., 1973), oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy va ommabop kitoblar muallifi, ilmfan tashkilotchisi. Sodiqov SSSR Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1972—84). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutiga O. S. Sodiqov nomi berilgan (1988). Toshkentdagi 249-maktab, Sobir Rahimov tumanidagi mahalla, Shayxontohur tumanidagi koʻchalardan biri ham S. nomi bilan ataladi.[1][2]
Manbalar
- ↑ * Sintez organicheskix preparatov piridinovogo ryada (v soavtorstve), T., 1974; Alkaloidi xinolizidinovogo ryada (v soavtorstve), M., 1975; Xolinesterazi. Aktivniy sentr i mexanizm deystviya (v soavtorstve), T., 1976; Induktori interferona (v soavtorstve), T., 1978; Xlopchatnik — chudo rasteniye, M., 1985.
- ↑ * Abid Sadikovich Sadikov. Biobibliografiya, T., 1989; Vol kov V. A., Vonskiy Ye. V., Kuznetsova G. I., Vidayushiyesya ximiki mira M., 1991.
Havolalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.