Nutq

Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.

Lingvistik nazariyada nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl nutq (tashqi nutq), yaʼni gapirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yordamida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.

Asl nutq („tashqi nutq“) bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashqi nut asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli ntqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma nutq ogʻzaki nutqdan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki nutq uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. Nutqning monologik (qarang Monolog) va dialogik (qarang Dialog) turlari mavjud.

Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir.

Har bir kishining nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; vaholanki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Nutq tufayli va nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy nutq ilmiy nutq rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak[1].

Manbalar

  1. „Nutq“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (N-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.

Havolalar





Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.