Noqis
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Noqis (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulqodir Muhammadshokir oʻgʻli) (1860 — Kattaqoʻrgʻon — 1929) — oʻzbek shoiri. Kattaqoʻrgʻon, Buxoro madrasalarida oʻqigan. 1895-yilda Kattaqoʻrgʻonga qaytib, madrasada mudarrislik qilgan, dehqonchilik bilan shugʻullangan. Saʼdiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy va boshqalarga ergashgan, ular gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan. Ayniqsa, Muqimiy ijodiga ehtirom bilan qaragan, tazmin muhammaslar yozgan ("Dogmen", "Kel ertaroq", "Nozaninim" va boshqalar).
1905-yildan N. ijodida ijtimoiy mazmun kuchaygan. Sheʼrlarida ijtimoiy adolatsizlikka, nodonlikka qarshi nafrat ifodalangan. Gʻazallari "Bayozi Mahdiy", "Armugʻoni Hislat", "Bayozi Miriy", "Bayozi Joʻrabek" va boshqa bayozlarga kiritilgan. N. qoʻlyozmalari — "Bayozi Noqis" Tojikiston Fanlar akademiyasi Sharq-shunoslik instituti (inv. №1005)da, "Devoni Noqis" Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshu-noslik instituti (inv. №97)da saqlanadi. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Buxoroda tuzilgan tazkiralarda N. ijodiga yuqori baho berilgan. Shoir "Layli va Majnun" syujeti asosida doston yozganligi haqida maʼlumot mavjud. Ammo u hali topilmagan. N.ning bayozlari va 6 ming misraga yaqin sheʼrlari saqdangan. Fa-zal va muhammaslari hofizlar tomonidan kuylab kelinadi ("Hajringda dardu gʻam bilan hasratda dogʻman..." va boshqalar).
Adabiyot
- Orzibekov R., Abduqodir Noqis, XIX asr oʻzbek adabiyoti tarixiga doir materiallar, Samarqand, 1985.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.