Narkoz
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Narkoz (yun. narkosis — karaxtlik) — sunʼiy yoʻl bilan (baʼzi kimyoviy moddalar va boshqa omillar taʼsirida) hosil qilinadigan chuqur uyqu holati, bunda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yoʻqoladi. Tibbiyotda xirurgik operatsiya vaqtida ogʻriqsizlantirish (anesteziya) maqsadida qoʻllanadi. Amerikalik xirurg Uorren birinchi bor efir Narkozi bilan operatsiya qilgan (1846). Dastlab Narkoz uchun faqat efir va xloroformszm foydalanib ke-lingan. Kimyo fanining rivojlanishi tufayli Narkoz xrlatini paydo qiladigan turli xil moddalar kashf etildi.
Narkozni vujudga keltiradigan narkotik moddalarning bemor organizmiga yuborilish usuliga qarab ingalyasion (nafas yoʻllari orqali), noingalyasion (nafas yoʻllaridan boshqa yoʻllar bilan) va kombinatsiyey Narkoz (narkotik moddalar ikki va undan koʻp usul bilan yubo-rilganda) farq qilinadi. Ingalyasion Narkozda efir, flyuotan, siklopropan va boshqa moddalarning bugʻi xidlatiladi, bunda maxsus apparatlardan foydalaniladi. Narkotik moddalarni kislorod bilan aralashtirib yuborish nafas yoʻllarini har xil asoratlardan saqlaydi. Venaga yuborib paydo qilinadigan Narkozda, asosan, uyqu dorilari — barbiturat kislota hosilalari ishlatiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, bemor tez uxlab qolib, hech nimani sezmaydi. Suyak ichiga, toʻgʻri ichakka, teri ostiga, muskul orasiga qilinadigan Narkoz kamdan-kam qoʻllanadi.
Koʻpincha vena Narkozi bilan ingalyasion Narkoz birga amalga oshiriladi. Bunda Narkoz. berish narkotik moddalarni venaga yuborishdan boshlanadi, bemor uxlab qolgach, ingalyasion Narkoz. berishga oʻtiladi. Narkoz vaqtida nafasni vaqtincha toʻxtatib turadigan dori-darmonlar va nafas olishni bajaradigan maxsus Narkoz apparatlarining qoʻllanishi Narkoz. berayotgan vrach — narkotizator (aneste-ziolog)ga bemor organizmining barcha funksiyalarini idora etish imkoni-yatini beradi. Shu tufayli oʻpka, yurak, yirik tomirlar va bosh miyani bema-lol operatsiya qilish mumkin. Turli kimyoviy moddalar yuborib paydo qilinadigan Narkozdan tashqari maxsus koʻrsatma bilan elektronarkoz qoʻllanadi.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.