Naftali Bennett[1] (1972-yil 25-martda tugʻilgan) isroilliksiyosatchi, 13-iyun 2021-yildan buyon Isroilning 13- hamda amaldagi bosh vaziridir.[2] U 2013-yildan 2019-yilgacha diasporalar ishlari vaziri, 2015-yildan 2019-yilgacha taʼlim vaziri va 2019-yildan 2020-yilgacha mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Yangi oʻnglar partiyasini 2018-yildan beri boshqarib kelmoqda, ilgari 2012-yildan 2018-yilgacha Yahudiylar uyi partiyasini boshqargan.[3]
Bennett Hayfada tugʻilib oʻsgan boʻlib, uning ota-onasi AQShdan koʻchib kelishgan. U Isroil mudofaa kuchlariningSayeret Matkal va Maglan maxsus boʻlinmalarida xizmat qilib, koʻplab jangovar operatsiyalarga rahbarlik qilgan, keyinchalik esa dasturiy taʼminot sohasidagi tadbirkorga aylangan. U, shuningdek, 1999-yilda asos solingan firibgarlikka qarshi kurashuvchi AQShning Cyota shirkati hamasoschisi va hamegasi boʻlib, bu shirkat asosan onlayn bank va elektron tijorat firibgarligi va fishingga qarshi kurashish bilan shugʻullanadi.[4] Bu shirkat 2005-yilda $145 millionga sotilgan. Shuningdek, u 2013-yilda $100-130 millionga sotilgan Isroilning bulutli hisoblash xizmati sanalmish Soluto shirkatining bosh ijrochi direktori (BII) sifatida ham faoliyat yuritgan.[5]