Mumiyo

Mumiyo (arabcha, lotincha mumia), mumiyoyi asl, togʻ balzami, brag-shun, bargshun, chaotun – fiziologik funksiyalarni kuchaytiradigan murakkab biologik tabiiy mahsulot. U kryalarning yoriqlaridan sizib chiqadigan smolasimon modda. Umuman mumiyoni biologik, geologik va biomineralogik oʻzgarishlar mahsuloti deyish mumkin.

Tabobatda qadimdan ishlatib kelingan. Abu Bakr-ar Roziy bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, yuz nervi falaji, tutqanoq, yurakqon tomir sistemasi, nafas yoʻllari va boshqa aʼzolar kasalliklarida mumiyo ishlatgan. Abu Ali ibn Sino oʻzining „Tib qonunlari“da mumiyoni meʼdani mustahkamlaydigan, nafas olishni yengillashtiradigan, binobarin eng takomillashgan universal dori deb tavsiflagan. Mumiyoning kelib chiqishi haqida juda koʻp fikrlar mavjud.

Mumiyo hamirday muloyim, taʼmi achchiq, suvda eriydi. Tarkibida turli organik moddalar va mikroelementlar bor. Oʻrta Osiyo hududida mumiyoning manbalari koʻp. Tilla rang (qizil), kumush rang (oqish), mis rang (koʻkish) va temir rang (qoramtir-qoʻngʻir) mumiyo boʻladi. Temir rang mumiyo koʻproq tarqalgan. Asosan, tibbiyotda qoʻllanadi. Mumiyo yiringlatuvchi mikroblarni oʻldiradi, jarohat, yara va singan suyaklarni tez tuzatadi. Lat yegan, singan suyaklarni davolashda mumiyodan foydalanish sir-asrorlarini Oʻzbekistonda professor O. Sh. Shokirov ilmiy jihatdan asoslab bergan.

Mumiyoni membrana orqali tozalash, purkash usulida quritish va kukunga aylantirish, tabletkasini qobiqlash texnologiyasi, tarkibidagi mikroelementlar, aminokislotalar, yogʻ kislotalarining sifat va miqdor analizi, standartlash usullari Toshkent farmatsevtika institutida ishlab chiqildi (S. N. Aminov, V. Ye. Kim, L. M. Soliyeva). Hozirgi mumiyo Oʻzkimyofarm OAJ da tabletka holida (M. Usubboyev) ishlab chiqariladi.

Mumiyodan oʻz bilganicha foydalanish yaramaydi, uni faqat shifokor tavsiya etgan hollardagina qoʻllash mumkin.

Adabiyotlar

  • Shakirov A. Sh., Mumiyo asil v kompleksnom lechenii perelomov kostey, T., 1976; Burdi kin B., Mumiyo. SanktPeterburg, 2001.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.