Morfema

Morfema (yunoncha: morphe — shakl) — oʻziga xos shakl va maʼnoga ega boʻlgan, boshqa maʼnoli qismlarga boʻlinmaydigan, soʻz (leksema) yasash yoki soʻzning shaklini hosil qilish uchun xizmat qiladigan lisoniy birlik. Morfemalar oʻzbek tilida, asosan, affiks (qoʻshimcha) holatida boʻladi. Masalan, -chi (kurashchi), -shunos (siyosatshunos), -q (taroq), -ki (tepki), -li (aqlli), -chan (ishchan), -la (tuzla), -illa (taqilla), -lar (bolalar), -roq, (kattaroq), -mtir (qoramtir) va hokazo.

Morfemalar asosiy vazifasiga koʻra, 2 turga boʻlinadi; soʻz yasovchilar va soʻzning shaklini yasovchilar. Soʻz yasovchi morfemalar yangi-yangi leksemalar hosil qilish uchun qoʻllanadi va oʻzbek tili lugʻat (leksik) qatlamining boyishida muhim rol oʻynaydi. Soʻz shakli hosil qiluvchi morfemalar soʻzning qoʻshimcha maʼno ifodalovchi shaklini yasaydi. Masalan: daraxtlar (daraxt soʻzining koʻplik shakli), balandroq (baland soʻzining daraja shakli), sargʻish (sariq soʻzining ozaytirma shakli) keldim (kel feʼlining oʻtgan zamon birinchi shaxs birlik shakli) va boshqa Morfemalar mustaqil qoʻllanmaydi, lugʻaviy maʼno ifodalay olmaydi, faqat soʻzning lugʻaviy va grammatik maʼnolari shakllanishiga xizmat qiladi. Soʻz tarkibida Morfema ishtirok etmasligi ham mumkin. „Morfema“ termini va tushunchasini tilshunoslikka polyakrus tilshunosi I. A. Boduen de Kurtene kiritgan. Lekin Morfemaning I. A. Boduen de Kurtene talqini bilan ushbu, hozirgi talqini oʻrtasida bir qadar farq bor.

Azim Hojiyev, Neʼmat Mahkamov[1].

Yana qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.